Glossariy hujjat


Tashkiliy-farmoyish hujjatlari -



Yüklə 27,73 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü27,73 Kb.
#143792
1   2   3   4   5   6
109954 Glossariy DT (1)

Tashkiliy-farmoyish hujjatlari - bu bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari qabul qilish zaruriyati mavjud holatining, bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o’rinbosarlari, bosh muhandis, uning o’rinbosarlari), shuningdek, bo’limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo’lib, uning kuchi bo’limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo’ladi, farmoyishning matni huddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so’zi o’rniga “TAVSIYA QILAMAN”, ”RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ko’rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog’liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko’rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o’rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega
Mavzu bayoni - bu turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qororlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o’rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to’g’ri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Qisqa majlis bayonida faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko’rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday majlis bayonlari masalani muhokama qilinishi haqida to’liq tasavvur bera olmaydi.
To’liq majlis bayonida esa ma’ruzalar ham to’liq bayon qilinadi. Majlis bayonining to’liq shakli faqat yig’ilish xususida emas, balki o’sha tashkilot yoki organning
faoliyati to’g’risida ham fikr yuritishga imkon beradi.

Yüklə 27,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə