Glossariy hujjat


Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Nusxa



Yüklə 27,73 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü27,73 Kb.
#143792
1   2   3   4   5   6
109954 Glossariy DT (1)

Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir.
Nusxa-ssl nusxaning aynan qayta ko’chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning o’ng tomonidagi yuqori burchagiga “namuna” degan belgi qo’yiladi
Tashkiliy hujjatlar-mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko’rsatma, farmoyish kabilar kiradi. Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo’ladi. Ularda tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog’liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Ikki va undan ortik tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabat o’rnatish haqidagi kelishuv (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir
Etkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq, moddiy boyliklar va
imkoniyatlarga ega bo’lish uchun etkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot etkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar o’rnatiladi. Ijara shartnomasi. Omborxonalar va turar joylarni, asbob-uskunalar va boshqalarni ijaraga olishda bir tomonga qarashli mol-mulkdan ikkinchi tomonning vaqtincha foydalanishi yuzasidan kelushuv va o’zaro majburiyatlar ijara shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi To’liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma. Pul mablag’lari va moddiy-tovar boyliklarni saqlash uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bilan to’liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi.
Engil avtomashinani hadya qilish shartnomasi. Engil avtomashinani, shuningdek, kajavali mototsiklni hadya qilish shartnomasi jiddiy notarial tasdiq qilinishi kerak. Bu shartnoma ikki nusxa tuzilib, uni har ikkala tomon-hadya qiluvchi va uni qabul qiluvchi imzolaydi. Notarius hujjatni o’rganib, uning har ikkala nusxasiga tasdiq belgilari yozib chiqadi va gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. SHundan so’ng hadya qilish shartnomasi maxsus ro’yxatga kiritiladi va tegishli tartib raqami (nomer)ga ega bo’ladi.
Mehnat bitimi shartnoma turlaridan biri bo’lib, u orqali muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan xodim(lar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlar rasmiylashtiriladi. Xodim (ishchi) aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa esa ish haqini to’lash va shu ishni bajarish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini oladi.

Yüklə 27,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə