An’anaviy xonandalik va cholg’u ijrochiligi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə3/146
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#130866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Boshqaruvdan majmuo

Maqsad- bu muddao, murod , ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan , shu maqsad kishi faoliyatini , o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltriradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz:

  • bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;

  • faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;

  • faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi;

  • u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;

  • pirovard natijamizning baholash me'yorlarni belgilaydi va hk.

Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan:

  • boshqarish funksiyalari;

  • boshqarish usullari;

  • boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;

  • lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.

Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  1. Maqsad bir ma'noli va aniq bo‘lishi kerak.

Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga ham hojat qolmaydi.

  1. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak

  • qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqqa hyech qanday shamol ham hamrox bo‘la olmaydi.

  1. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak.

Miqdoran o‘lchovga, me'yorga ega bo‘lmagan maqsad- bu sarob

  1. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor

  1. Maqsad bo‘limlar va ma'sullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak.

Maqsad, uni boshqarish prinsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak.

  1. Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak.

Maqsad har bir faoliyat turi, har bir ma'sul shaxs bo‘yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Bu – umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo‘linishini, “maqsadlar shajarasi” ni tuzishni talab qiladi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə