Анатом- меш


Odam tanasidagi suyaklarning barchasi bir-biri



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

. Odam tanasidagi suyaklarning barchasi bir-biri 
bilan ikki xil:harakatsiz va harakatli birikadi. 
Suyaklarning harakatsiz birikishiga bosh, umurtqa, chanoq 
suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, 
suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, 
chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo'lib, bola o'sgan sari chok 
yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-
biriga uzluksiz-zich birikkanligi uchun harakatsiz bo'ladi. 
Suyaklarning harakatli, ya'ni bo'g'im hosil qilib birikishiga qo'l va 
oyoqlarning bo'g'imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-
tovon hamda qo'l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib 
birikishi misol bo'ladi. Bo'g'im hosil qilib birikuvchi 2 ta suyakdan birining uchi 
qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo'ladi. Bo'g'im 3 qismdan: 
bo'g'im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo'g'im bo'shlig'idan iborat. 
Bo'g'im xaltachasi tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan. Ichki qavatning 
pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo'g'im moyi) ishlab chiqariladi. Bu 
suyuqlik bo'g'im yuzasini moylab ishqalanishni kamaytiradi. Bo'g'im tashqi 
tomondan paylar bilan o'ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi. 
Odam tanasida suyaklarning
 joylashishi. Odam tanasidagi suyaklar 
joylashishiga ko'ra bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va 
oyoq suyaklari. 
Bosh skeleti
: Bosh skeleti ikki qismdan: miya qutisi va yuz qismidan 
iborat bo'lib, 23 ta suyaklarning birikishidan hosil bo'lgan. Ularning hammasi 


21
pastki jag' va til osti suyagidan tashqari, uzluksiz chok bilan o'zaro mustahkam 
birikkan. 
Bola tug`ilgan vaqtda uning bosh suyaklari bir-biri bilan birikmagan bir 
necha suyakdan iborat bo`lib, ular orasida bo`shliqLar bo`ladi. Bu bo`shliqlar liqildoq 
deb ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq peshona 
va tepa suyaklari orasida joylashgan bo`lib, uning bo`yi 3,5 sm, eni esa 2,5 sm 
bo`ladi. Tepa va ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tepa chakka suyaklari 
orasida ikkitadan jami 4 ta yon liqildoqlari bo`lib, ular 1,5 yoshda suyakka aylana 
boradi. 4 yoshda esa miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Bosh suyagi 7 yoshgacha 
hamda 11-15 yoshda ya'ni jinsiy balog`at yoshida tez o`sadi. Uning o`sishi va 
shakllanishi 25-30 yoshgacha davom etadi. 
Gavda skeleti

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə