3 – bosqich
(10-15 aqiqagacha). YAkuniy- natijaviy.
|
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
• Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylarga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o‘zaro baholashning yakunini chiqaradi; o‘quv mashg‘uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi.
• Ta’lim oluvchilar o‘zaro baholashni o‘tkazadilar, savol beradilar, topshiriqni yozadilar.
Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat(o‘quv jarayon)i bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo‘llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlashlarini nazorat qilishga yordam beradi.
|
4. Topshiriq. O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi modelining kengaytirilgan tasvirini bering.
Nazorat savollari:
1. Boshqaruv jarayonining mohiyati nimadan iborat?
2. Boshqaruv jarayonining mohiyatini yoritib beruvchi tushunchalarni ayting va ularning mazmunini ochib bering.
3. “Maqsadni belgilash”, “maqsad”, “natija” toifalariga kengaytirilgan bayonni bering.
4.Bilimlarni o‘zlashtirish va o‘quv faoliyati yo‘llariga darajali yondashuv asosida ta’lim maqsadlarini qanday birday qilish savoliga ochiq yoritib beruvchi, javobni bering.
5. O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirish bo‘yicha o‘qituvchining harakat tartibini ayting.
6. Aytingchi, sizning fikringizcha, o‘quv mashg‘ulotida ta’limiy texnologiya tuzilmasi va ta’lim berish texnologiyasi tuzilmasining farqli tomonlari nimadan iborat? Javobingizni asoslab bering.
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Axunova G.N., Golish L.V. Vvedenie v proektirovanie i planirovanie pedagogicheskix texnologiy v ekonomicheskom obrazovanii: Kratkiy konspekt leksiy. -T.: Iktisod-moliya, 2006
2. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs. Uchebnik.- M.: VLADOS, 1999.
3. Saidahmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash namunalari.-T.: RTM, 2000.
4. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.-T.: Fan, 2005.
5. Farberman B.L. Peredovыe pedagogicheskie texnologii. -T.: Fan,
2000.
Dostları ilə paylaş: |