Andijon davlat pedagogika instituti


Shaxsga yo’naltirurilgan ta’lim va uni amalga oshirish shartlari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə34/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Shaxsga yo’naltirurilgan ta’lim va uni amalga oshirish shartlari



Shaxsga yo’naltirurilgan
ta’limning asosiy nazorat holati



Amalga oshirish shartlari

Ta’lim oluvchilarning shaxsi - ta’lim tizimining maqsadi, prioritetli subyekt.
Ta’lim jarayonining barcha qatnashchilarini to‘laqonli rivojlanishi:
 O‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirish:
Kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha DTS talablariga rioya qilgan holda ta’lim oluvchi shaxsi rivojlanishini individual traektoriyasiga orientir olish.
Ta’lim oluvchini psixologik-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini hisobga olish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi diologik yondashuv:


 o‘quv jarayoni qatnashchilarini subyektiv o‘zaro harakati.
 o‘quv jarayoni qatnashchilarini erkinlik darajasini ko‘paytirish
 shaxsni o‘z-o‘zini aktuallashtirishini va o‘z-o‘zini taqdim etishini.
O‘quv jarayoni qatnashchilari faoliyatini shaxsni motivatsiyalashtirish bilan ta’minlash.

Ta’lim oluvchi shaxsini har tomonlama erkin va ijodiy rivojlanishi uchun komfortli, konfliktsiz va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, uning tabiiy imkoniyatlarini amalga oshirish.
Ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchi shaxsini qabul qilish: uning maqsadlarini, hayajonlarini, qiziqishlarini, qarashlarini, munosabatlarini, ularni qimmatli xususiyat sifatida tan olish, ularga ishonish, uning ko‘chi va imkoniyatlariga ishonish.

Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida quyidagilarni hisobga olish:


 ushbu bilim sohasida o‘qimishlilik darajasini va shaxs madaniyatining umumiy rivojlanganlik darajasini;
 ta’lim oluvchining psixologik-fiziologik xususiyatlarini:
Har bir ta’lim oluvchi uchun, o‘quv dasturiga nisbatan individual xarakterga ega bo‘lgan o‘qitish dasturini tuzish uning individual xususiyatlariga asoslanadi va uning imkoniyatlariga, o‘qitish ta’siri ostida uni dinamik rivojlanishiga nozik moslashadi; unga o‘zligini anglashga, o‘zligiga aniqlik kiritishga, o‘z-o‘zini rivojlantirishga va o‘zining imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Ta’lim oluvchining shaxsiy rivojlanishini aniqlash, keyin esa uni rivojlanish istiqbollarini yoki so‘nishini korreksiya qilish uchun obyektiv nazorat va tashhis qilish.
Ta’lim beruvchining umumiy pedagogik mahoratini, o‘z-o‘zini rivojlantirishni nafaqat professional sifatida, balki shaxs sifatida ham rivojlanish texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

O‘quv jarayonini ta’lim beruvchi va ta’lm oluvchining dialogi sifatida qurish hamda uni hamkorlikdagi dasturli faoliyatiga yo‘naltirish.


 Ta’lim beruvchining vazifasi:
 ta’lim oluvchi bilan shaxsiy-teng huquqli pozitsiyani o‘rnatish:
 ta’lim oluvchini nafaqat o‘qitish, balki uni rivojlanishga rag‘batlantirish, uning mustaqil harakatlar bajarishiga sharoit yaratish:
 ta’lim oluvchilarda mustaqil tafakkur yuritishga, mustaqil rejalashtirish va muammolarni yechish yo‘llarini taklif qilish olingan natijalarni baholash va yoki tekshirishga tayyorlikka motivatsiyani shakllantirish.
Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
 holatli loyihalashtirish:
 mazmunli izlanuvchan dialog:
 o‘quv vazifalarini hayotiy muammolarning matniga qo‘shish:
 ta’lim oluvchilarda mustaqil o‘qish, o‘z-o‘zini aniqlash, mustaqillik, o‘zining imkoniyatlarini amalga oshirish va o‘z-o‘zini taqdim etish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.

Ushbu maqsad, o‘qitish va shaxsni rivojlantirish, ta’lim beruvchi hamda ta’lim oluvchi uchun hayotiy va kasbiy mohiyatga ega bo‘lganda, ushbu faoliyatga nisbatan mustahkam qiziqish paydo bo‘lganda, o‘qish va rivojlanish shaxsning hayotiy ehtiyojiga aylangandagina erishilgan deb hisoblanishi mumkin.



Biz, kasbiy mahoratimizni, faqatgina ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini nazorat qilishga emas, balki BMK bilish va qo‘llashda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilishga malakali harakatlarimiz bilan yordam berishimiz uchun, ularning faoliyatini tashhis qilishga yo‘naltirishimiz kerak. Ushbu rol, an’anaviy ta’limdagiga nisbatan ancha murakkab va bizdan yuqori mahorat talab qiladi.


Shaxsga yo’naltirurilgan ta’lim texnologiyalari chegaralarida mustaqil yo‘nalishlar sifatida insonparvarlik-shaxsli texnologiyalar, hamkorlik texnologiyalari va erkin tarbiyalash texnologiyalari ajratilishiga aniqlik kiritmoqchimiz.
Insonparvarlik-shaxsli ta’lim texnologiyalari, avvalambor, o‘zining insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo‘llab-quvvatlashga, unga yordam berishga qaratilgan psixoterapevtik yo‘nalganligi bilan ajralib turadi. Ular, bolaga nisbatan har tomonlama hurmat va muhabbat, uning ijodiy ko‘chiga optimistik ishonch g‘oyalarini o‘zida mujassam qiladi va majburlashdan voz kechadi.
Hamkorlik ta’lim texnogogiyalari pedagog va bolaning subyekt-subyektli munosabatlarida demokratizmni, tenglikni, hamkorlikni amalga oshiradi. O‘qituvchi va tarbiyalanuvchi hamkorlik, hamijodkorlik holatida bo‘lib, birgalikda maqsadlarni, mazmunni ishlab chiqadilar, baho beradilar.
Erkin tarbiyalash ta’lim texnologiyalari bolaga, uning hayot faoliyatidagi katta yoki kichik sohalarida erkin tanlov va mustaqillikni taqdim etishga aksent qiladi. Bola, tanlovni amalga oshirish paytida, natijaga tashqi ta’sir ostida emas, balki ichki da’vati orqali borib, subyekt pozitsiyasini eng yaxshi usul bilan amalga oshiradi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə