Andijon davlat pedagogika instituti


O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi bo‘yicha o‘qitish rejasining tuzilishi va mazmunining tarkibi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə36/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi bo‘yicha o‘qitish rejasining tuzilishi va mazmunining tarkibi
Aniq fan va mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning ta’lim modeli jadval ko‘rinishida bo‘lib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
• dastlabki ma’lumotlar: o‘quv mavzusi, vaqti, talabalar soni;
• shakl(ma’ruza, seminar va boshq.) va ko‘rinishi(masalan, muammoli ma’ruza va bosh.), o‘quv mashg‘uloti rejasi/tuzilishi, uning maqsadi, o‘quv faoliyatining ko‘zlanayotgan natijalari, pedagogik vazifalari;
• tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o‘qitish vositalari;
• ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar;
• monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo‘l va vositalari: nazorat turi(yozma va og‘zaki), nazorat shakli(tezkor-so‘rov, test olish, taqdimot, o‘quv topshiriqlari va boshq.).
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi uch qatorni o‘z ichiga olib, 1,5-2 varaqda jadval ko‘rinishida bajariladi: (1) o‘quv mashg‘uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati.
Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat(o‘quv jarayon)i bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo‘llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlashlarini nazorat qilishga yordam beradi.
Ilova. O‘quv jarayonining tashkiliy- didaktik vazifasini bajaradi:
o‘quv/mustaqil ish uchun savol va topshiriqlarni, uni baholash mezonlarini, o‘quv ish jarayonida talabalar amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko‘rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun topshiriqlar(testlar, savollar, topshiriqlar va mashqlar).
Bu erda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Mavzuiy rejadan farqli o‘laroq texnologik xaritada(1) o‘quv mashg‘ulotining bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati bilan birga, ta’lim oluvchining ham faoliyati; (3) ta’lim berishning usul, shakl va vositalari; (4) ta’lim maqsadlarining o‘quv yutuqlari monitoringi va baholashlari ko‘rsatiladi.
Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko‘rsatkichlari.
1 - bosqich(5-10 daqiqagacha). O‘quv mashg‘ulotiga kirish.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
• Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o‘quv mashg‘ulotining xususiyati bilan(muammoli ma’ruza, o‘rgatuvchili o‘yin va boshq.), mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini, o‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
• Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar.
2 - bosqich(55-65 daqiqagacha). Asosiy/ ma’lumot beruvchilik.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
• Ta’lim beruvchi o‘quv mashg‘ulotining rejasi tuzilishiga muvofiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqaradi.
• Ta’lim oluvchilar ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv harakatini bajaradilar.
3 - bosqich(10-15 daqiqagacha). Yakuniy- natijaviy.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
• Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylarga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o‘zaro baholashning yakunini chiqaradi; o‘quv mashg‘uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi.
• Ta’lim oluvchilar o‘zaro baholashni o‘tkazadilar, savol beradilar, topshiriqni yozadilar.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə