Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə67/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Grafoproektor – shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proeksiyalash uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo‘lmagan hollarda asosiy tushuncha g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib ko‘rsatish ham mumkin.
Sinf doskasi – o‘quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o‘quv xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘qituvchi


Doska - stend
Синф доскаси. Доска-стенд.


doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo‘ladi va uni eshitish qiyin bo‘ladi.
Doska - stend – mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg‘ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska – stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr – mulohazalari va g‘oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo‘linadi.

Синф доскаси. Доска-стенд.




O‘quv auditoriyalari uchun doskalar tizimi




Doska – bloknot – bu varaqalanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilganni qo‘yish ham mumkin.






Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə