Andijon davlat pedagogika instituti


Rasmlar aniq va etarlicha kattaroq bo‘lishi zarur. Rasmlarning o‘lchamini katta qilishga urinmang, faqatgina Siz sifatni yo‘qotasiz. Videotasmalar



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə70/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Rasmlar aniq va etarlicha kattaroq bo‘lishi zarur. Rasmlarning o‘lchamini katta qilishga urinmang, faqatgina Siz sifatni yo‘qotasiz.
Videotasmalar taqdimot oynasining uch qismini egallashi zarur.
Rasmlar namoyishli bo‘lishi kerak. Bezaqlar chalg‘itishi mumkin.
Jadvallarda ajratuvchi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi,
jadvallarning nomlanishi tagiga katta yozuvlarda berilishi zarur.
Jadvallarni haddan ziyod ma’lumotlar bilan to‘ldirish kerak emas!
Jadvalga qancha ko‘p ma’lumot kiritilsa, ularni ekrandan qabul qilish qiyin bo‘ladi. Taqdimot boshlashdan avval auditoriyada o‘tirganlarga jadval va rasm nusxalaridan tarqatish zarur.
Chizmalar bir bo‘limdan boshqa bo‘limga aniq va mantiqiy ravishda o‘tishga moslashtirilishi kerak. O‘tish chiziqlari ekranda yaxshi ko‘rinishini tekshiring


Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha eng ko‘p hajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə