Andijon davlat pedagogika instituti


Masofaviy o‘qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katalizatori hamdir



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə72/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Masofaviy o‘qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katalizatori hamdir.

Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi
Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘qitish maqsadi davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirilib, bilim, ko‘nikma va malakalar hamda shaxsiy fazilatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Bu ierarxik tizim bo‘lib: o‘qitish maqsadi, o‘quv fani maqsadi, mavzuning o‘quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o‘quv maqsadidan shakllanadi.
O‘qitish mazmuni an’anaviy o‘qitish tizimiga to‘g‘ri keladi.
Masofaviy o‘qitishda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash imkoniyati yo‘q. O‘qitishning bunday turida o‘qitilishi taqiqlangan yo‘nalishlar ro‘yxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yo‘nalishlarda ushbu tizimni qo‘llash taqiqlanadi.
Ta’lim oluvchilar. Masofaviy o‘qitish tizimida ta’lim oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Ba’zan ularni tinglovchilar deb ataydilar. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim oluvchilarning etarli tayyorgarligini va ish o‘rinlarining texnik ta’minotini talab etadi.
O‘qitadiganlar. Bu o‘qituvchilar, asosan ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligi bulardan bog‘liq bo‘ladi. Ammo masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi xususiyatlari o‘qituvchilar bajaradigan faoliyatlarini turli tuman vazifalarni, serqirraligini va bajaradigan rollarining xilma-xilligini talab etadi. Aynan shuning uchun chet davlatlarda o‘qituvchilar tavsiflanishi kengaytirilgan:

  • o‘qituvchi – o‘quv – uslubiy qo‘llanmalarning ishlab chiquvchisi;

  • o‘qitish uslublari bo‘yicha maslahatchi (fasiliteyter);

  • o‘quv kurslarining interfaol uslublari bo‘yicha mutaxassis (tyuter);

  • o‘qish natijalarini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis (invigilator);

O‘qitish metodlari (usullari). «Methodas» so‘zini yunon tilidan tarjima qilsak, uning ma’nosi – o‘zini to‘tish, yo‘l, ma’nosini anglatadi. O‘qitish metodlari deganda o‘qitish maqsadiga erishish uchun, ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o‘qituvchi va tarbiyalanuvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi.
Masofaviy o‘qitish tizimida, xuddi an’anaviy o‘qitish tizimidagidek, o‘qitishning besh metodi qo‘llaniladi: axborot – retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot.
O‘qitish vositalari. O‘qitish mazmuni va o‘qitish vositalari bir-biri bilan bog‘liq. Har bir o‘qitish vositasi o‘z didaktik imkoniyatlariga ega. O‘qituvchi bu didaktik imkoniyatlarni bilishi va ulardan keraqli didaktik maqsadlarga erishish uchun keraqli o‘qitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirishi kerak. O‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o‘qitish tizimlari asosida didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi.
Ilmiy o‘quv material bazasi. Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy maqomi o‘quv muassasasining o‘quv materiali bazasi bilan chambarchas bog‘lik. An’anaviy o‘quv muassasasining o‘quv material bazasi o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha moddiy va texnik vositalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Bular: o‘quv va yordamchi binolar, laboratoriya anjomlar, asbob uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, darsliklar, o‘quv-uslubiy materiallar.
Identifikatsion-nazorat tizimi. Masofaviy o‘qitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, o‘qitish tizimida tarbiyalanuvchi shaxsini aniqlash – identifikatsiya qilish va falsifakatsiya (boshqa shaxs o‘rnida faoliyat ko‘rsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. Shuning uchun bu tizimda bilim sifatini ko‘p mezonli va obyektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini o‘tkazish ahamiyati ortadi.
O‘qitish shakllari. Bu o‘qitishning tashkiliy shaklini tanlashdir. O‘qitish shakllarining quyidagilari rivojlangan: ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə