Andijon davlat pedagogika instituti


O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə71/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini maqbul darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitish turining universal muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, axborot hajmida o‘zlashtirilishi cheklanmaganligi bilan ajralib turadi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi­ning samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida tashxis testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida, o‘qitish siklning qayta takrorlanishi uchun eng maqbul sharoit yaratiladi.
Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, tashxislash, nazorat) guruh, o‘quv fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta’minlash.
Masofaviy o‘qitish
Masofaviy o‘qitishning dolzarbligi
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlari uchun quyiladigan talablardan biridir. YUNESKO «Ta’limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir.
Masofaviy o‘qitish – bu masofadan turib o‘qitish, qaysiki o‘quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi.
Masofaviy o‘qitish, ayniqsa:

  • o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun;

  • turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun;

  • o‘qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda;

  • chet el o‘quv muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun;

  • ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo‘lishi mumkin.

Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta’lim olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi.
O‘qitishning bu tizimi boshlang‘ich rivojlanish bosqichidadir.
AQSh da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o‘qitish tizimida o‘qimokda. Bu tizimda televidenie imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Ispaniyada masofaviy o‘qitish Milliy universiteti faoliyat ko‘rsatmqkda. Bu erda sirtqi oliy ta’lim olish hamda uqituvchilarning malakasini oshirish mumkin.
Fransiyadagi masofaviy o‘qitish Milliy Markazi 120 davlatdagi 35 000 iste’molchini qamrab olgan.
Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo‘lib, bu erda sirtqi ta’lim olish hamda malaka oshirish mumkin.
Masofaviy o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o‘quv yurtida topshiriladi.
Masofaviy o‘qitish YAponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda.
Masofaviy o‘qitish fakat milliy ta’lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balki, alohida tijorat kompaniyalarida ham rivojlanmoqda, masalan IBM, General Motors, Ford va boshqalar.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə