Andijon davlat pedagogika instituti


- bosqich(55-65 daqiqagacha). Asosiy/ ma’lumot beruvchilik



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə24/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

2 - bosqich(55-65 daqiqagacha). Asosiy/ ma’lumot beruvchilik.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
• Ta’lim beruvchi o‘quv mashg‘ulotining rejasig‘ tuzilishiga muvofiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqaradi.
• Ta’lim oluvchilar ko‘zlanayotgan o‘quv natijalariga erishish bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv harakatini bajaradilar.
3 - bosqich(10-15 daqiqagacha). YAkuniy- natijaviy.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati:
• Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylarga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o‘zaro baholashning yakunini chiqaradi; o‘quv mashg‘uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi.
• Ta’lim oluvchilar o‘zaro baholashni o‘tkazadilar, savol beradilar, topshiriqni yozadilar.
Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat(o‘quv jarayon)i bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo‘llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita talabalarning mustaqil ishlashlarini nazorat qilishga yordam beradi.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatlarini pedagogik boshqarishning mohiyati
Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatlari sifati va jadallashuvi ta’lim berish sifatini, balki shunga mos ravishda, mutaxassislar tayyorlash natijalarini ham aniqlab beradi.
Modomiki talaba ta’lim tizimiga subyekt sifatida kirsa, unda boshidan uning qobiliyati mustaqil, ongli va maqsadli harakat qilishini nazarda tutadi:
• o‘zining harakatini rejalashtirish- o‘z maqsadini tanlash, ularga erishishning yo‘l va vositalarini aniqlash;
• berilgan topshiriqlarni echish uchun o‘z imkoniyatlarini birlashtirish-tashkillashtirish;
• o‘z faoliyatini nazorat qilishi va mos ravishda baholash- o‘zining keyingi harakatlarini o‘zi nazorat qilishi va o‘zini o‘zi baholashni amalga oshirish.
Talaba tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir elementlarning muvaffaqiyatli • rejalashtirish;
• tashkillashtirish;
• monitoring va baholash;
Shundan so‘ng o‘qituvchi tomonidan quyidagi qoidalar amalga oshiriladi:
• talaba nafaqat o‘quv mashg‘ulotining maqsadini, balki uning yakunida tahminan qanday o‘quv natijalarga erishish mumkinligini ham bilishi zarur;
• o‘quv natijalariga erishish yo‘llari ko‘rsatilganda- berilgan ishga ma’lum bo‘lgan usul yoki texnikani o‘rganish va qo‘llashni yoki ishlar tartibi bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmani aytib berish mumkin;
• talaba nazoratning shakli va turi: yozma-esse, hisobot, referat va boshqalar, og‘zaki-taqdimot, savollarga javob berish va boshqalar, shuningdek har bir o‘quv topshirig‘ini baholashni sifat va miqdoriy mezonlari bilan tanishtirilgan bo‘lishi zarur;
• o‘zini o‘z tekshirish uchun har bir o‘quv mashg‘ulotiga tavsiya etilayotgan topshiriq(test, savol, vazifa va mashqlar) joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan ko‘zlanayotgan ta’limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy o‘zi baholashni ta’minlaydi;
• “O‘quv fani bo‘yicha talabani o‘quv natijalarining yutuqlar varag‘i” ishlab chiqish.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish sharoitida talaba quyidagi umumo‘quv(har qanday o‘quv fanini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan) ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish kerak:
1) ma’lumot bilan mustaqil ishlash: asosiy holatlarni aniq, chizmaviy va izchillikda konspekt ko‘rinishida qayd etish; o‘quv topshiriq va vazifalarni echish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni topishi, tanishi, tushunishi, tanqidiy baholashi, uni yig‘ish va referat, hisobot, belgilarda, shuningdek grafikli tashkil etuvchilar ko‘rinishida taqdim etish; berilgan talablarga muvofiqlikda o‘zining shaxsiy ilmiy matnini(maqola, ma’ruza, tezis) yaratish;
2) taqdim etish malakalari: o‘quv topshirig‘ini bajarish natijalari bo‘yicha so‘zlayotganda o‘zini dadil to‘tishi, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi;
3) o‘qituvchi bilan talabani o‘quv o‘zaro harakatini tashabbuslash, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish va murosa yo‘lini topish, suhbatga kirishish, haqiqat bo‘yicha savollar berish, daliliy javoblar berish, munozara qoidalariga rioya etib uni olib borish, tortishuvlarda ishtirok etishning muloqotlashuv malakalari;
4) guruhli o‘zaro harakatga tayyorligi va qobiliyatida– o‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hamkorlik faoliyatini jamoaviy rejalashda, umumiy vazifani echishda hamkoriy muloqot va o‘zaro harakat, o‘zaro yordam va o‘zaro baholashda namoyon bo‘ladigan hamkorlikda ishlash malakalari;
5) muammoli ma’ruzada faol ishtirok etishni va ta’limiy vaziyatlarni(Keys-stadi) va boshqalarni echishni ta’minlovchi muammoli vazifalarni tahlil qilish, o‘quv topshirig‘ini echishning oddiy bo‘lmagan yo‘llarini topish, g‘oyalarni ishlab chiqish va xulosalarni qabul qilish malakalari;
6) axborot izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini qo‘llashning amaliy malakalari.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə