Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə22/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Tashkillashtirish- ta’lim beruvchi tomonidan tarbiyalanuvchilarni belgilangan ishga jalb qilish, belgilangan maqsadga erishishda ular bilan hamkorlik qilish.
Axborotli ta’minlash- o‘quv axboroti va qaytar aloqani yetkazib berishning yo‘l va vositalarini amalga oshirish. Bunda yig‘ilgan axborot jarayonining borishini tezkorlikda o‘zgartirishni, ta’sir ko‘rsatadigan
Boshqaruv- bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning maxsus shakli. rag‘batlantiruvchi omillarni, samarali vositalarni kiritishga imkon beradi.
Nazorat, baholash va o‘zgartirish kiritish- rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish, pedagogik ta’sir etish obyekti o‘zgarishini muvofiqlash.
Nazorat– doimy tekshirish yoki nazorat maqsadidagi tekshiruv.
Nazorat:
• ta’lim oluvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini(BMK) aniqlash,o‘lchash va baholashni anglatadi;
• ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan qaytar aloqasini, ular tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotni olish, shuningdek kamchilik va oraliqlarni aniqlashni ta’minlaydi.
Tugallangan jarayon tahlili- samarasizlikni, ularning paydo bo‘lish sababini aniqlash, kelgusi takror ishlab chiqiladigan davrda unga yo‘l qo‘ymaslik choralarini aniqlash.
Bir qancha nazorat turlari bo‘lgan test nazoratini ko‘rib chiqamiz.
Test topshiriqlarini tuzish ta’lim natijalarini ifodalash bilan o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi.Test topshiriqlar soni unga ajratilgan nazorat turi va vaqtga bog‘liq bo‘ladi.
«Maqsadni belgilash» tushunchasi
Maqsadni belgilash– texnologiyalashtirishning asosiy omili hisoblanib, pedagogik texnologiyani loyihalashtirish, o‘quv jarayonini tuzish hamda tashkillashtirish shundan boshlanadi.
Maqsad- ko‘zlanayotgan natija modeli ko‘rinishidagi muhim yo‘nalishning mahsuli.
Bu esa, ta’lim subyektlarining faoliyat yakunida egallashlari ko‘zlanayotgan narsadir.
Natija- (1) o‘quv faoliyatida olingan natija ta’lim oluvchining rivojlanishida oldinga siljish bo‘lib, bu uning u yoki bu faoliyatida o‘z aksini topadi; (2) ta’lim jarayonining samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishilganlik darajasini xususiyatlaydi: ta’lim berish va ta’lim olish jarayoni natija maqsadga mos kelgandagina tugaydi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə