Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə30/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

To‘rtinchi –ITT xususiyati muhandislik yechimlar turini keskin oshishi, materiallarning tez-tez almashinuvi, texnologik jarayonlar, mashinalar konstruksiyasi, boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga tatbiq etish muddatlarini kamayishi hisoblanadi. Masalan, telefon aloqasining ixtiro qilinishi bilan uni amalga oshirish orasida 56 yil o‘tgan bo‘lsa, radio uchun 35 yil, televizor uchun 14 yil, atom energiyasi uchun 6 yil, tranzistor uchun 5 yil o‘tdi. Hozirgi paytda esa bu muddatlar odatda bir yildan oshmaydi.
Shuning uchun mutaxassislar tayyorlovchi barcha tizimlar bir tomondan ulardan uzluksiz o‘zgarib turadigan ishlab chiqarish texnika va texnologiya sharoitida zudlik bilan moslashuvni shakllanishiga yo‘naltirilishi, ikkinchi tomondan ular bilimining harakatchanligi, tanqidiy fikrlashuv kasbiy faoliyatida ijodiylik va moslashuvchanlik kabi xislatlarga ega bo‘lishi zarur. Bu esa zamonaviy muhandis va ishchining qiyofasidir.
Beshinchidan, jadallashayotgan ITTning ortib boradigan talablariga to‘la javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘qitishni jadallashtirish, inson organizmining butun imkoniyatlarini, uning ongini o‘qitishda ishga solish zarur. Bu esa o‘quv jarayonida axborot berilayotganidan, o‘quv televideniyasidan foydalanishni taqozo etadi.
Oltinchidan-har qaysi odam tug‘ilganidan boshlab alohida individium hisoblanadi, ya’ni har kimning o‘ziga xos aqliy rivojlanishi, ta’lim olishga qobiliyati bo‘ladi. Bundan kelib chiqqan holda, zamonaviy o‘qitish tizimining vazifasi insonning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinib turganidek, kadrlar tayyorlashning hozirgi predmetli (fanlar) tizimi pog‘onama-pog‘ona, uzluksiz isloh qilinishi lozim.
Bu tizim fanlar orasida sun’iy to‘siqlarni saqlab qolib, zamonaviy kasbiy ta’lim ehtiyojlariga tobora kamroq javob bermoqda. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan, zamonaviy talablarga ko‘proq moslashgan o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari, jumladan, kadrlar tayyorlashning mavzu tizimidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bunga alohida e’tibor qaratilgan, unda ta’kidlanganidek, «yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning mavzu tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish » lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari, bu kasbiy ta’limning hozirgi kuni va uning kelajagidir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə