Andijon davlat pedagogika instituti


Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta’minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axborot tizimlari qo‘llanilmoqda



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə29/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta’minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axborot tizimlari qo‘llanilmoqda.
Ko‘rib turganimizdek, ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi.
Ilm-fan rivoji, bu ma’lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim.
Ikinchidan –hozirda zamon fanining shiddatli rivoji ikki, uch va o‘ndan ortiq fanlarni ulanishlarida yangi turdagi fanlar paydo bo‘lishi bilan ham ta’minlanadi. Masalan: biofizik, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy mexanika va hokazo. Fan daraxti hosil bo‘ladiyu, ma’lum fanlar ulanishlarida tug‘ilgan yangi fan-bu yangi yo‘nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalar demakdir. Bu masalalarni oliy maktabning iste’dodli bitiruvchilari hal etishi lozim.
Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o‘ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o‘stirishi, o‘z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim.
Tahsil oluvchi hayratlana olishi, mag‘rurlana olishi lozim, faqat shundagina u boshqalarni o‘zining ijodiy ishi bilan hayratga solishi mumkin.
Uchinchidan-fan-texnikaning tezkor rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy axborotning shunga o‘xshash axborot uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, buning asosida esa hisoblash texnikasi yotadi. Ta’limni individuallashtirmasdan, zamonaviy informatsion tizimlardan foydalanishni ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin emas. Shuning uchun «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da «o‘qitishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta’lim texnologiyasi va vositalarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish» vazifasi qo‘yilgan. Bu oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimlarida birdek dolzarb hisoblandi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə