Andijon davlat pedagogika instituti


Avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mohiyati



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə31/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mohiyati
O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, tarbiyalanuvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, talabalar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi, xolos. Bunda tahsil oluvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika prinsiplariga asoslangan o‘qitishning sinf-dars tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning sinf-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- yoshi va tayyorgarlik darajasi tahminan bir xil bo‘lgan talablar asosida sinfni (guruhni) tashkil etadi;
- sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi;
- mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzuga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;
- o‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
An’anaviy o‘qitish asosan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish asosini, YA.A. Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika prinsiplari tashkil etadi:
♦ ilmiylik;
♦ tabiatga monandlik(o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi);
♦ uzviylik va tizimlik;
♦ o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga)
♦ mustahkamlik (takrorlash, takrorlash....)
♦ onglilik va faollik (qo‘yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bajarishga faol bo‘lgan)
♦ nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;
♦ yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: tahsil oluvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa –bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə