Andijon davlat pedagogika instituti


Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə33/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishbilarmonlik o‘yinlari; muammoli o‘qitish; tabaqalashtirilgan o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; mavzuli o‘qitish.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashtirilgan davrda rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Shaxsni yo’naltiruvchi ta’lim texnologiyalari. Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish paytida, biz, shaxsni yo’naltiruvchi ta’lim texnologiyalarini amalga oshiramiz. Chunki, shaxs, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi: kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim xizmatlarini iste’molchisi va ishlab chiqaruvchisi. Ta’lim oluvchining shaxsi - butun ta’lim tizimini maqsadi, uning nufuzli subyekti bo‘lib qolmoqda.
Shaxsga yo’naltirurilgan ta’lim texnologiyalari, mohiyati bo‘yicha, ta’lim jarayonining barcha qatnashchilarini to‘laqonli rivojlanishini nazarda tutadi. Bu esa, nafaqat ta’lim oluvchini umumiy intellektual rivojlanish darajasini va xususan, uni ushbu predmet bo‘yicha tayyorgarligini, uni qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishga differensiyalashgan yondashuv, balki ta’lim oluvchining psixologik kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hamda qobiliyatlarini hisobga olish hamdir.
Shaxsga yo’naltirurilgan ta’lim sharoitida, biz, ta’lim beruvchilar o‘quv jarayonida an’anaviy tizim paytidagidan mohiyati kam bo‘lmagan o‘zgacha rol va funksiyaga ega bo‘lamiz. Agar, an’anaviy ta’lim paytida, biz, bilim subyektini va bilimning eng kompetentli manbasi bo‘lgan darslik bilan birga nazorat qiluvchi rolida bo‘lsak, ta’limning yangi paradigmasi paytida esa, ta’lim oluvchilarning mustaqil faol bilish faoliyatini tashkilotchisi, kompetentli maslahatchi va yordamchisi rolida namoyon bo‘lamiz.




Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə