Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 TA’LIM MUASSASALARIDA BADIIY GIMNASTIKANI



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   153
fayl 1633 20210826

 
10. TA’LIM MUASSASALARIDA BADIIY GIMNASTIKANI 
  O‘TISH USLUBIYATI 
10.1.Maktabda gimnastika darsini o’tkazish uslubiyatlari 
Hozirgi  paytda  mashg’ulotlarning  majburiy  dars  (o’quv)  va  darsdan 
tashqari shakillari qo’llaniladi.  
Maktabda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilishning asosiy sikllari – bu 
gimnastikaga  yo’naltirilagn  jismoniy  tarbiya  darajalaridir.  Shu  bilan  birga 
gimnastika  mashqlari  kun  tartibidagi  jismoniy  tarbiya  sog’lomlashtirish 
mashg’ulotlariga  (katta  tanaffuslardagi    mashqlar,  jismoniy  tarbiya  daqiqalari, 
kirish  gimnastikasi,  o’yinlar  va  h.k)  darsdan  tashqari  ishlar  bo’yicha  tadbirlarga, 
jismoniy  tarbiya  sport  bayramlariga,  musobaqalarga,  sport  to’garaklari 
mashg’ulotlariga  kiritildi.  Har  bir  mashg’ulot  shakillarini  o’tkazish  uchun 
gimnastika darsi uchun qo’yiladigan talablar asos hisoblanadi.       
Maktabda  jismoniy  tarbiya  turli  hil  vositalar  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Ularning  orasida  gimnastika  eng  muhimi  va  asosiysi  hisoblanadi.  Bu  asosiy 
gimnastikaning  o’ziga  hos  xususiyatlari  bilan  tushuntiriladi.  U  hamma  yosh 
guruhdagi  bolalarni  jismoniy  tarbiyalashda  eng  qulay  hamda  samarali  vosita 
xisoblanadi.  Gimnastika  shug’ullanuvchilarning  hamma  organlari  va  tizimlarini 
har  tomonlama  rivojlantirish,  ularning  salomatligini  yaxshilash  hamda  hayot 


190
 
 
faoliyatini  oshirish,  to’g’ri  qad-qomat  va  harakat  funksiyasini  shakllantirishga 
qaratilgan. 
Insonning harakatlanish funktsiyasi biologik va pedagogik omillar ta’sirida 
shakllanadi.  Biologik  omil  bolalar  va  o’smirlarning  yosh  xususiyatlari  bilan 
bog’liq,  uning  harakat  funktsiyasiga  bo’lgan  ta’siri  yoshiga  qarab  rivojlanish 
qonuniyatlariga bo’ysunadi. 
Bolalarda  harakatlanish  analizatori  bir  necha  yillar  davomida  takomillashib 
boradi. Etti yosh keskin o’zgarish yili hisoblanadi, ya’ni erkin harakatlanishlarning 
paydo  bo’lishi  hamda  markaziy  asab  tizimida  koordinatsion  mexanizmlarning 
takomillashishi  kuzatiladi.  7  yoshdan  14  yoshgacha  harakatlanish  analizatorining 
faol  rivojlanishi  sodir  bo’ladi,  13-14  yoshlarga  kelib  u  yuqori  darajaga  yetadi, 
harakatlanish analizatori yadrosining yetilishi yuzaga keladi, katta yarim sharlar va 
asab-mushak  apparatining  funktsional  imkoniyatlari  oshadi.  Harakatlanish 
analizatorining keyingi rivojlanishi kam shiddatli bo’ladi yoki umuman to’xtaydi. 
Akseleratsiya ham harakatlanish funktsiyasining shakllanishiga ta’sir qiladi. 
Tanadagi  uzunasiga  joylashgan  bo’g’inlarning  tez  o’sishi  jismoniy  rivojlanishga, 
shuningdek  o’smirlarning  koordinatsion  faoliyatiga  muhim  darajada  ta’sir 
ko’rsatadi.  Biologik  omilning  bunday  tarkibini  harakatlanish  funksiyasini 
shakllantirishda hisobga olish lozim. Harakatlanishga bo’lgan yetuklik yosh o’tishi 
bilan  o’zidan-o’zi  yuzaga  kelmaydi.  U  tashqi  muhit  ta’sirida  rivojlanadi  va 
takomillashadi. Hamda harakat faoliyati tartibi bilan chambarchas bog’liq. Demak, 
harakatlanish  funksiyasini  shakllantirish  va  takomillashtirish  pedagogik  omilning 
asosiy tarkibini amalga oshirish yo’li orqali mumkin bo’ladi. 
Bolalar va o’smirlardagi harakat faoliyati orqali namoyon bo’ladi. U shartli 
refleks  aloqalarining  zahirasiga  bog’liq.  Inson  qanchalik  ko’p  shartli  refleks 
aloqalari  zahirasiga  ega  bo’lsa,  bu  aloqalar  qanchalik  turli  -  tuman  bo’lsa,  unda 
yangi  harakatlanish  shakllari  shunchalik  tez  hamda  oson  shakllanadi.  Bolalarda 
hamma  jismoniy  sifatlarni  bir  tekis  tarbiyalash  lozim.  Bunda  7-9  yoshda  bittalik 
harakatlarni bajarish tezligi hamda chaqqonlik; 10-12 yoshda – egiluvchanlik; 13-


191
 
 
14  yoshda  –  tezkorlik-kuch;  15-16  yoshda  –  kuch  va  chidamlilik  kabi  sifatlarni 
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish zarur.  
O’rgatishda eng muhimi o’z harakatlarini makonda, vaqt orasida va mushak 
kuchlanishlari darajasiga ko’ra aniq baholay bilish lozim. 
Bunday  ko’nikmalarni  tarbiyalash  uchun  umumrivojlantiruvchi  mashqlar, 
yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar, muvozanat mashqlari, osilish va tayanish 
mashqlari,  tirmashib  chiqish,  akrobatika  mashqlari  qo’llaniladi.  Ularni  bajarish 
paytida  shug’ullanuvchilar  sub’ektiv  sezgilarni  u  yoki  bu  harakatlarni  bajarishga 
ketadigan  vaqt  hamda  makon  to’g’risida  o’qituvchidan  axborot  ko’rinishida 
olinadigan sifatli baho bilan taqqoslashlari kerak. Harakat faoliyati jarayonida vaqt, 
makon  va  mushak  kuchlanishlari  darajasi  to’g’risidagi  tezkor  axborot 
shug’ullanuvchiga  olinadigan  sezgilarni  tabaqalashtirishni  o’rganishga  imkon 
beradi. Bu harakatlarni boshqarish uchun juda muhimdir. Harakat faoliyatini ongli 
ravishda  boshqarish  sezgilarning,  ayniqsa  mushak  sezgilarining  rivojlanishi  bilan 
bog’liq.  Sezgi  organlari  orqali  tashqi  muhit  qabul  qilinadi.  Eshitish,  ko’rish  va 
boshqa  sezgilar  qanchalik  kam  rivojlangan  bo’lsa,  inson  faoliyati  shunchalik 
cheklangan va u shunchalik kam rivojlangan bo’ladi. 
Maxsus  tadqiqotlar  orqali  shu  narsa  aniqlanganki,  o’z  harakatlanishlarini 
makonda,  vaqt  oralig’ida  ongli  ravishda  boshqara  oladigan  bolalar  turli  hildagi 
harakatlarni  muvaffaqiyatli  egallaydilar.
  Maktab  yoshidagi  bolalarni  gimnastika  mashqlariga 
o’rgatish

Oddiy  mashqlar  ko’pincha  ko’rsatib  berilgandan,  tushuntirilgandan  so’ng  darrov  egallanadi, 
qiyinroq mashqlar esa uzoq vaqt o’rgatishni hamda buning uchun har hil uslublar va usullarni qo’llashni 
taqozo etadi.
 
Mashqlarni  tanlash  va  ularni  turli  sinflarda  o’tkazish  usuliyati 
shug’ullanuvchilarning yosh xususiyatlariga bog’liq. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə