Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


Boshlang’ich ta’lim  (1-4 sinflar)



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153
fayl 1633 20210826

10.1.1. Boshlang’ich ta’lim  (1-4 sinflar) 
Bolalar  organizmi  xususiyatlari  shundan  iboratki,  o’sish  va  rivojlanish 
davomida hamma organlar hamda tizimlarning tuzilishi va funksiyalari muntazam 
takomillashib boradi. 


192
 
 
Bolalarning mushaklari bukiluvchan bo’ladi, shuning uchun ular amplituda 
bilan  harakatlarni  bajarishga  qodir  bo’ladilar.  Biroq,  egiluvchanlikni 
rivojlantirishga  qaratilgan  mashqlarni  bolalar  o’z  mushak  kuchlariga  muvofiq 
holda bajaradilar. Mushaklar va boylamlar haddan ortiq cho’ziluvchanligi ularning 
bo’shashib  qolishiga,  shuningdek  to’g’ri  qad-qomatning  buzilishiga  olib  keladi. 
Gavda  mushaklari  (ayniqsa  statik)  kuchining  rivojlanganligi  to’g’ri  qomatni 
shakllantirish  uchun  katta  ahmiyatga  ega.  Chunki  bu  yoshda  qomat  hali 
mustahkam bo’lmaydi. 
Oyoq  kafti  mushaklarini  mustahkamlash  harakat  faoliyati  yurish,  yugurish, 
sakrashlar  uchun  katta  ahamiyatga  ega  va  yassioyoqlikni  oldini  oladi.  Oyoq  kafti 
suyaklarining qotish jarayoni 16-18 yoshga kelib tugaydi. Demak, mashqlarni uzoq 
vaqt tik turib bajarish, shuningdek sakrashlarni qattiq erda hamda 80 sm.dan yuqori 
bo’lgan balandlikdan sakrashlarni bajarish mumkin emas. 
Bolalar  organizmi  hamma  organlar  reaktsiyasining  kam  tejamliligi  asab 
jarayonlarining  yuqori  darajadagi  qo’zg’aluvchanligi,  ichki  tarmoqlanish 
jarayonlarining  bo’shligi  bilan  tavsiflanadi.  Shu  sababli  ular  tez  toliqadilar. 
Shuning  uchun  bu  yoshdagi  bolalarda  hamma  jismoniy  sifatlarni  bir  tekis 
rivojlantirish  zarur.  Faol  mushak  faoliyati  yo’li  orqali  organizmlardagi  moddalar 
almashinuvi    hamda  barcha  tizimlar  va  organlarning  rivojlanishiga  ta’sir 
ko’rsatadigan vegetativ funksiyalarni rag’batlantirish lozim. 
7-9  yoshdagi  bolalarga  asosiy  gimnastikaning  quyidagi  mashqlari  tavsiya 
qilinadi:  
1.
 
yurish  va  yugurishdagi  mashqlar:  sportga  oid,  oyoq  uchida,  dumalab, 
yengil, yuqori prujinali; 
2.
 
“Maktab”  elementlari  bilan  parter  razminkasi,  umumiy,  maxsus,  jismoniy 
va xoreografik tayyorgarlik, keltiriladigan elementlar bilan va predmetsiz
3.
 
yuqorida  sanab  o’tilgan  elementlar  bilan  gimnastika  devori  yonida 
razminka mashqlari
4.
 
predmetlar bilan “O’rgatuvchi” darslar: arqon, to’p va tasma bilan


193
 
 
5.
 
mayda  motorikani  rivojlantiruvchi  majmualar  yoki  predmetsiz  oddiy 
kombinatsiyalar, arqon bilan, to’p va tasma bilan bajariladi
6.  muvozanat  mashqlari,  akrobatika  mashqlari  (yumalashlar,  o’mbaloq 
oshishlar, kuraklarda turish-2 sinf uchun). Bolalarni o’rgatishda ko’rsatib berish va 
hikoya  qilish  uslublaridan  foydalanish  lozim.  Yengil  mashqlarni  qisqa,  lo’nda, 
oddiy,  tushunarli  tarzda  tushuntirish  zarur.  Tushuntirib  berish  aniq  harakatlarni 
aytish  va  ularni  qanday  bajarish  to’g’risida  ko’rsatma  berishdan  iborat. 
Harakatlarni  ko’rsatib  berish  obrazli  gapirish  bilan  birga  qo’shib  olib  borilishi 
kerak. Bunda o’rganilayotgan mashqning bajarilishini ta’minlaydigan harakatlarga 
alohida e’tibor qaratish zarur. 
Ushbu  yoshdagi  bolalar  taqlid  qilishga  moyil  bo’ladilar.  Shuning  uchun, 
ularni  o’rgatayotib,  imitatsiya  va  namoyish  qilish  (ko’rsatish)  uslublaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq. 
Aniq  ko’rsatmalar  berish,  belgilangan  chiziqlar  bo’yicha  imkon  qadar 
uzoqroq  va  balandroq  sakrash,  nishonga  tekkazish,  o’qituvchi  ko’rsatgandek 
bajarish tavsiya qilinadi. 
Bolalar  tomonidan  o’rganilayotgan  harakatlar  oddiy,  tushunarli  va  engil 
bo’lishi lozim. 
Shuni esda tutish zarurki, bolalar tez charchaydilar, lekin qisqa dam olishdan 
so’ng  harakat  funktsiyalarini  bajarishga  qodirlar.  Demak,  mashqlar  uzoq  vaqt 
davom  etmasligi  hamda  qisqa  dam  olish  tanaffuslari  bilan  almashtirib  turilishi 
kerak. 
7-9  yoshdagi  bolalarda  harakat  malakalari  10-13  yoshdagilarga  nisbatan 
sekinroq  shakllanadi  va  muvaffaqiyatli  bajarish  muvaffaqiyatsiz  bilan  almashinib 
turadi.  Mashq  koordinatsiyasiga  ko’ra  qanchalik  qiyin  bo’lsa,  harakat 
malakalarining sakrashsimon hosil bo’lish jarayoni aniq ko’zga tashlanadi. Harakat 
malakalarining  tez  hosil  bo’lishi  uchun  o’rganilayotgan  mashqlarni  har  bir 
mashg’ulotda 6-8 martadan takrorlash, buning ustiga nisbatan doimiy sharoitlarda 


194
 
 
(bir hil dastlabki holatdan turib va bir hil sur’atda) hamda bitta yondashishda 2-3 
martadan takrorlash zarur. 
Kichik maktab yoshidagi bolalar o’yinlarga moyil bo’ladi, fantaziya qilishni 
yaxshi ko’radi. Bu ularga har hil harakatlarni o’yin orqali tasavvur qilishga yordam 
beradi. Shuning uchun ko’pchilik mashqlarni o’yinlarga yaqinlashtirish yoki o’yin 
shaklida  olib  borish  tavsiya  etiladi.  Mashg’ulotlarni  tashkil  qilish  uchun  yalpi, 
guruhli, oqimli va  o’yin usullaridan foydalanish kerak. 
Bu  yoshdagi  o’g’il  va  qiz  bolalarning  xususiyatlari  uncha  ko’rinarli  emas, 
shuning uchun mashqlar usuliyati va mazmunida farqlar yo’q. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə