Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153
fayl 1633 20210826

10.2. Darslarning tuzilishi. 
Sport  gimnastikasi  darslari  turlarining  rang-barangligi  uning  murakkabligi 
va  bir  mashg`ulot  doirasida  ham,  uzoq  muddatli  tayyorgarlik  jarayonida  ham 
gimnastikachi  va  trenerlar  hal  etishi  shart  bo`lgan  ko`plab  vazifalarga  bog`liq. 
Biroq,  bir  dars  o`z  yo`nalishi  bo`yicha  ikkinchisidan  har  qancha  farq  qilmasin, 


203
 
 
ularning  har  biri  alohida  tayyorlov,  asosiy  va  yakuniy  qismlarning  ayirib 
ko`rsatilishini ko`zda tutuvchi umumiy yo`nalishlarga bo`ysunadi.  
Har  qanday  darsning  tayyorlov  qismi  shug`ullanuvchilarni  tashkil  etish, 
ularni  ishchi  vaziyatga  olib  kirish  uchun yo`naltirilgan.  Buni o`tkazishning  vosita 
va  shakllari  ham  turli  bo`lishi  mumkin.  Ular  mashg`ulotlar  sohasidagi  qandaydir 
nazariy qoidalar haqidagi ma`lumotlar, kundalik axborot, guruhni saflash, avvalgi 
mashg`ulotda olingan video – yoki kinofil`m namoyishi bo`lishi mumkin. 
O`quv  mashq  xususiyatli  darslar  turlari  orasida  tayyorlov  qismiga 
ajratiladigan ko`proq vaqt badan qizdirish mashqlariga bag`ishlanadi – bu tayanch-
harakat  apparati  va  butun  organizmni  darsning  asosiy  qismidagi  asab-mushak 
hamda funktsional jihatdan jiddiy zo`riqishlarga tayyorlash demakdir.  
Shaklan  tayyorlov qismi  guruhli  (umumiy  safda) va  alohida  (mustaqil  yoki 
trener  rahbarligida.  Bu  shakl  tayyorgarligi  yuqori  gimnastikachilarning 
mashg`ulotlariga xosdir) bo`ladi. Mohiyatan, badan qizdirish mashqlari 2 qismdan 
iborat  bo`lishi  kerak:  umumiy  tayyorgarlik  qismi  –  u    harakat  apparatini  har 
tomonlama  faollashtirish  hamda  organizmning  funktsional  ahvolini  yaxshilashga 
yo`naltiriladi  va  ixtisoslashgan  qism.  Ixtisoslashgan  qism  gimnastikachilarni 
darsning  keyingi  qismida  bo`ladigan  asosiy  faoliyatga  bevosita  tayyorlashga  va 
ruhan  hozirlashga  qaratiladi.  Badan  qizdirish  mashqlarining  umumtayyorgarlik 
qismida gigienik gimnastika zahirasidagi an`anaviy mashqlardan tashqari harakatli 
o`yinlarni ham, mini futbolni ham muvaffaqiyat bilan qo`llashlari mumkin bo`lsa, 
ixtisoslashgan    qismda  tor  ixtisoslik  doirasidagi,    xususiyatlari  jihatidan 
ko`pkurashning  birinchi  turidagi  mashqlarga  yaqin  turadigan  sof  gimnastika 
mashqlaridan foydalaniladi.  
Mashhur  gimnastikachilarning  tajribasi  hamda  maxsus  tadqiqotlar  quyidagi 
tavsiyalarni berishga imkon yaratadi: 
-  badan  qizdirish  mashqlari  natijasida  sportchilar  chindan  ham  tanalarida 
issiqlik his etishlari kerak. Bu mashqlarni «ter chiqquncha» bajarish tavsiya etiladi. 
Tajribali  sportchilar  badan  qizdirish  qismida  kiyimni  almashtirishni  ko`zda 


204
 
 
tutadilar.    Umumtayyorgarlik  qismini  issiqroq  libosda  o`tkazadilar.  Keyin  ustki 
kiyimni birmuncha engil va qurug`iga almashtiradilar; 
-  badan  qizdirish  uchun  xoreografik  mashqlardan  foydalanish  kerak. 
Ixtisoslashgan  badan  qizdirish  mashqlari  chog`ida  yo`lkada,  batutda,  chuqurga 
akrobatik  sakrashlarni  uyg`unlashtirib  bajarish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday 
badan  qizdirish  mashqlarini  bajarishda  o`rgatish  bilan  bog`liq  bo`lgan,  lekin 
shug`ullanuvchilarning  ko`p kuchi  va diqqatini talab etmaydigan ayrim vazifalar 
bajariladi: 
-  badan  qizdirish  mashqlari  qismining  cho`zilib  ketishiga  yo`l  qo`ymaslik 
kerak; 
- mashqlar shiddatini asta-sekin, biroq og`ishmay oshirib borish lozim; 
-  badan  qizdirish  mashqlari  chog`ida  shug`ullanuvchilarning  hissiy  holatini 
ko`tarish, ularda ko`tarinki kayfiyatni yuzaga keltirish zarur;  
-  badan  qizdirish  mashqlarining  umumiy  qismini  imkon  bo`lsa,  musiqa 
ostida o`tkazish kerak; 
-  badan  qizdirish  uchun  qo`llaniladigan  ayrim  mashqlarni  bajarish  vaqtida 
gimnastik  uslub  talablaridan  chetga  chiqish  mumkin  (masalan,  yakkakurash 
turlariga o`xshash juftlikda bajariladigan mashqlar, harakatli o`yinlar, bo`shashish, 
silkitishlar  va  h.k.);  ruhan  hozirlaydigan  xususiyatli  ayrim  mashqlar  esa  albatta 
mazkur qonunlarga qat`iy rioya qilgan holda bajarilishi shart.  
Badan qizdirish mashqlari qismini o`tkazishning zamonaviy usullaridan biri 
«aylanma»,  darsning  asosiy  qismidagi  mashqlar  ketma-ketligi  va  mazmunini 
kichik hajmda oldindan bajarish usulidir.  
Musobaqalarga  tayyorlanish  vaqtidagi  darslarda  rejaga  muvofiq  ravishda 
musobaqa  sharoitiga  yaqinlashtirilgan  sharoitda  barcha  ko`pkurash  turlari  mashq 
qilinganda,  gimnastikachilar  badan  qizdirish  uchun  o`z  dasturlaridan  ayrim 
harakatlarni  bajarib,  barcha  ko`pkurash  turlarini  «sinovdan  o`tkazadilar».  Badan 
qizdirish  mashqlarining  bu  shakli  ko`pincha  bevosita  musobaqalar  oldidan 
o`tkaziladigan  bir  soatlik  ruhiy  hozirlanish  mashg`ulotiga  aylanib  ketadi. 


205
 
 
«Aylanma»  badan  qizdirish  mashqlari  MJT  darslari  oldidan  ham  aylanma  usul 
bilan bajarilishi kerak bo`lgan mashqlarni «sinab ko`rish» yordamida o`tkaziladi. 
Boshlovchi  gimnastikachilar  bilan  bo`ladigan  darslarning  tayyorgarlik 
qismini  unga  ko`proq  vaqt  va  diqqat  ajralgan  holda  o`tkazish  maqsadga 
muvofiqdir.  Bu  badan  qizdirish  paytida  foydalaniladigan  mashqlarni  bajarishda 
amal  qilinadigan  harakatlar  maktabini  o`zlashtirish  bo`yicha  vazifalarning  jiddiy 
bir qismi bilan bog`liq ravishda zarurdir. Mashg`ulotning tayyorgarlik davrida ham 
badan  qizdirish  musobaqa  davridagi  qisqa  va  shiddatli  mashg`ulotlarga  nisbatan 
uzoqroq  va  hajmliroq  bo`ladi.  Musobaqa  davrida  tajribali  gimnastikachilar 
ko`pkurash turlaridagi badan qizdirish bilan bog`liq ko`pgina vazifalarni idiomotor 
hozirlik yo`li bilan hal etadilar.  
Darsning asosiy qismi eng uzoq davom etadigan qism, unda mashg`ulotning 
ayni  shu  davrida  gimnastikachilar  oldida  turgan  asosiy  vazifalar  o`z  echimini 
topadi.  Asosiy  qismning  tuzilishi,  mazmuni, tashkil  etish  shakllari  to`laligicha  bu 
vazifalarning  mohiyatiga  bog`liq.  Shubhasiz  asosiy  diqqat-e`tibor  mashqlarning 
texnikasini, umuman  musobaqa  dasturini  o`zlashtirishga  qaratiladi.  Shunga  ko`ra, 
darsning  asosiy  qismini  o`tkazishning  bu  eng  keng  tarqalgan  shakli  gimnastik 
ko`pkurash  turlarida  eng  turli-tuman  variantlarda  tashkil  etilgan  mashqlar 
hisoblanadi. Asosiy qismni tashkil etish masalalari va o`tkazish uslubiyati bobning 
keyingi bo`limlarida darslarning har xil turlariga tavsif berilganda ancha mufassal 
ko`rib  chiqiladi,  chunki  darsning  o`zgi  axos  xususiyatlari    aynan  uning  asosiy 
qismiga qarab belgilanadi.  
Yakunlovchi  qism  darsni  tugallaydi.  U,  harakat  vazifalari  hamda  sport 
zalidagi darsning  yakunini nazarda     tutadigan bo`lsak, eng qisqa qismdir. (10-15 
daq.).  Kuch  zo`riqishlari,  qo`l-oyoq  bo`g`inlari  va  umurtqaga  berilgan  zarbdor 
yuklamalardan so`ng qo`lda yoki oyoqda vertikal va qiya holatda harakatsiz osilib 
turish  (1  daqiqagacha)  tavsiya  etiladi  (yaxshisi  maxsus  xalqalarda),  bo`shashish 
mashqlari  qo`llaniladi  (yaxshisi  yotgan  holda).  Darsning  yakuniy  qismini  tiklash 
tadbirlari  tizimining  eng  muhim  qismlaridan  biri  sifatida  olib  tekshirish  lozim. 


206
 
 
Shuning  uchun  yakuniy  qism  so`nggida  gigienik  va  tiklash  tadbirlari  (dush, 
uqalash va h.k.) tavsiya etiladi. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə