Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 Har xil turdagi darslarni tashkil etish va o`tkazishning



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153
fayl 1633 20210826

10.3. Har xil turdagi darslarni tashkil etish va o`tkazishning 
xususiyatlari 
Alohida  darslarning  yo`nalishini  pedagogik  baholashda  bir  necha  xil 
yondashuv  to`g`ri  hisoblanadi:  tayyorgarlik  davri  yoki  bosqichining  asosiy 
vazifalariga  muvofiqligiga  ko`ra  asosiy  va  yordamchi  (qo`shimcha)  darslar 
farqlanadi.  
Yuklamaning  xususiyati  va  darajasiga  ko`ra  darslar  ma`lum  bir  sportchi 
uchun  eng  maqbul  yuklamali,  shuningdek,  zarbdor  va  engillashtiruvchi  darslar 
bo`ladi.  
Joriy  vazifalarning  xususiyatiga  ko`ra  darslarning  bir  necha  turlari 
aniqlanadi. Alohida dars turlarining xususiyatlari va tuzilishi to`g`risida tasavvurga 
ega bo`lgan trener umuman mashq jarayonini osonlik bilan boshqara oladi.  
Alohida  dars  turlarining  ajratilishi  va  ular  tuzilishining  batafsil  ishlab 
chiqilishi  gimnastikachilar  tayyorgarligini  chuqur  ixtisoslashtirish  tufayli  zarur 
bo`ladi.  Ehtimol,  faqat  gimnastik  ko`nikmalarni  to`la  o`zlashtirib  olmagan 
boshlovchiar bilan dastlabki bosqichlarda olib borilgan darslar universal majmuali 
xususiyatga ega. Yuqori malakali gimnastikachilarning mashg`ulotlarida bir darsga 
«sig`maydigan» juda ko`p vazifalar hal etiladi. Darslar tor amaliy xususiyat kasb 
etib, yo`nalishi tobora aniqlashib boradi.  
Mashg`ulot  mikrotsikl  iva  bosqichining  tuzilishi  trenerga  eng  muvofiq 
keladigan,  pirovard  natijada   butun vazifalar  majmuasini echishga  yo`l ochadigan 
dars  turlarini  tanlash  imkonini  beradi.  Alohida  dars  turlari  tuzilishini  ajratish  va 
takomillashtirishning  ma`nosi  pedagogik  vazifalarni  butun  rang-barangligi  bilan  
bir  vaqtning  o`zida  emas,  balki  navbatma-navbat,  diqqat  va  kuch-quvvatni 
vazifalarning  nisbatan  kichikroq  guruhiga  jamlab,  bunda  sezilarli  natijalarga 
erishishdan iborat.  
 


207
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə