Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


Asosiy qism uchun mashqlarni tanlash



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153
fayl 1633 20210826

Asosiy qism uchun mashqlarni tanlash 
Darsning  asosiy  qismi  mavzusi  (qanday  mashqlar  bilan  shug’ullanish)  ish 
rejasi,  muayyan  mashqlarni  tanlash  esa  uning  xususiy  vazifalari  tomonidan 
belgilab  beriladi.  Qachonki  shug’ullanuvchi  mashqni  mustaqil  bajarishga  tayyor 
bo’lsa, shundagina qandaydir mashqni o’rgatish bosqichi yakunlangan hisoblanadi. 
O’rgatishning  birinchi  bosqichi ko’pincha  bitta  emas,  balki bir  nechta dars 
davom  etadi.  Shug’ullanuvchilar    bu  darslarda,  maxsus  tayyorgarlik  va 
yaqinlashtiruvchi  mashqlarni  bajara  turib,  o’rgatishning  hamma  pog’onalarini 
bosib o’tadilar. 
Bunday  hollarda  «ma’lum  bir  mashqlarga  o’rgatish»  kabi  vazifa  faqat 
seriyadagi  yakunlovchi  dars  uchun  qo’llanilishi  mumkin.  Undan  oldingi  darslar 
uchun  esa  vazifani  quyidagicha  shakllantirish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi,  ya’ni 
«ma’lum  bir  mashqni  bajarishga  tayyorlash»,  «ma’lum  bir  mashqqa  o’rgatishni 
yakunlash». 


202
 
 
Ikkinchi  bosqichda  –  takomillashtirish  bosqichida  boshqa  vazifalar  oldinga 
qo’yiladi.  Ular,  tabiiyki,  boshqa  vositalar  yordamida  hal  qilinadi:  «ma’lum  bir 
mashqning bajarilish texnikasini takomillashtirish». 
Shunday  hollar  bo’lishi  mumkinki  (ko’pincha  shunday  bo’ladi  ham),  bitta 
darsning  o’zida  bitta  mashq  turida  o’rgatish,  boshqasida  –  takomillashtirish 
vazifalari  turadi  (darvoqe,  bu  sof  o’quv  darslarining  kamdan-kam  mavjudligini 
tasdiqlaydi). 
     Yonga to’ntarilish: 
I-bosqich uchun – o’rgatish 
1-mashq  (takrorlash)  -  qo’llarda  tik  turishga  chiqish,  oyoqlar  kerilgan,  
o’girilish davomida burilish bilan (yordam beriladi); 
2-mashq  -  qo’llarda  tik  turish,  oyoqlar  kerilgan-o’girilishning  ikkinchi   
yarmisi yordam bilan yonlamachasiga 
3-mashq- yordam bilan yonlamachasiga o’girilish 
4-mashq - yonlamachasiga o’girilishni mustaqil bajarish. 
Shug’ullanuvchilar oldingi darslarda ushbu mashqni bajarish uchun 
yaqinlashtiruvchi mashqlarni o’rganishlari lozim: bitta qo’l bilan itarilib, 
qo’llarda tik turish: xuddi shunday, lekin qo’llarni ketma-ket qo’yish bilan; 
xuddi shunday, lekin burilish davomida qo’llarni qo’yish davomida. 
II - bosqich uchun – takomillashtirish 
  1-mashq - joyida turib yonlamachasiga o’girilish; 
  2-mashq - xuddi shunday, lekin koridor cheklangan
  3-mashq - tez sur’atda ikki marta o’girilish; 
  4-mashq - valsetdan turib yonlamachasiga o’girilish. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə