87
12- rasm
Yarimcho‘qqayish amortizasiya vazifasini ham bajaradi: gimnastikachi
oldingi harakat tezligini qisman kamaytira turib, kuchlanishni oyoq uchidan oyoq
kaftiga (oyoq kaftlarini yozish) o‘tkazish va oyoqning tizza hamda tos-son
bo‘g‘imini bukish hisobiga tayanchga kelishini yengillashtiradi. Yugurib kelib
bajariladigan sakrashda tayyorgarlik bosqichining fazali tuzilishi, shubhasiz
o‘zgaradi. Shartga ko‘ra, buni 3 fazaga bo‘lish mumkin.
Tezlikni oshirish fazasi stilistik qadamlar va irg‘ishlar bilan bajariladigan
bir qancha yugurish qadamlarini o‘z ichiga oladi. Gimnastikachining bu vaqtda
olgan gorizantal tezligi keyinchalik (depsinishda va sakrashda) sakrash
balandligini ko‘tarilishi uchun ishlatiladi (11-rasm, 1-kadr). Undan keyin ikki
oyoqda itarilib sakrashda juda aniq ko‘rinadigan depsinib sakrash fazasi keladi. Bir
oyoqda depsinganda depsinib sakrash ifodasiz harakterga ega bo‘ladi va odatda
yugurib kelishdagi qadamga nisbatan uzunroq bo‘ladi (12-rasm, 1-3 kadr).
Depsinib sakrash oxirida oldinda harakatlanayotgan oyoq (yoki depsinadigan
oyoq) oldinga chiqadi va oyoq uchidan tayanchga qo‘yiladi. Oyoqlarni gavdadan
ilgarilatib sakraganda, sakrashni baland ijro yetishga imkon beradi. Qadamlab
sakrashda oyoqlarni oldinga tashlanishi kam ifoda etilgan.
Sakrashda depsinib sakrash fazasining xususiyati shundaki, u joyidan
sakrashda alohida fazani tashkil qiladigan qo‘llarni orqaga siltash harakatini o‘z
ichiga oladi. Yugurib kelib halqa-qadam bilan sakrashda (13-rasm) qo‘llar,
depsinib sakrash oxirida siltash uchun dastlabki holatni qabul qiladi (3-kadr).
Shunday qilib, joyidan sakrashning tayyorgarlik bosqichi ikki harakat
fazasidan tashkil topadi: qo‘llarni orqaga siltash va yarim cho‘qqayish fazasi.
Yugurib kelib sakrashning tayyorgarlik harakati uch harakat fazasidan tashkil
88
topgan: tezlikni oshirish, qo‘llarni orqaga siltab depsinib sakrash va
yarimcho‘qqayish (amortizasiya) fazasi.
Sakrashning asosiy bosqichi tayanchdan depsinish bilan bog‘-liq bo‘lgan
harakatlarni o‘z ichiga oladi. Oyoq bilan depsinish va unga bog‘liq hamma
harakatlar sakrashning energiya hosil qiluvchi harakati hisoblanadi va bu
gimnastikachi tanasining tayanchsiz
5 4 3 2 1
8 7 6
12 11 10 9
Dostları ilə paylaş: