Andijon iqtisodiyot va qurulish institute


-2021 yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi



Yüklə 71,58 Kb.
səhifə2/9
tarix28.11.2023
ölçüsü71,58 Kb.
#138288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AMALLIYOT HISOBOTI


2019-2021 yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi



Strategik rivojlanishning maqsadlari:



  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash;


  • faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar hisobiga pul mablag‘larini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;

  • aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish;

  • filiallarning Bosh bank bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil ravishda qarz berish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqini kengaytirish;

  • kichik biznes loyihalarini keng jalb qilish va rivojlantirish maqsadida halqaro moliya-kredit institutlari, xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish, postmoliyalash asosida dokumentar amaliyotlar bo‘yicha ishlarni faollashtirish;

  • bankning daromadliligini saqlab olgan holda va bank xizmatlarining jozibadorligini oshirgan holda yangi mijozlarni jalb qilish;

  • «elektron navbat» tizimini joriy qilish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatidan qoniqish darajasini baholash uchun mijozlar o‘rtasida yozma va elektron so‘rovlar o‘tkazish;

  • nogironlar uchun xizmat joriy etish: innovatsion «onlayn ro‘yxatdan o‘tish» xizmati, nogironlar uchun panduslar va maxsus avtoturargohlar tashkil etish;

  • «HUMO» milliy to‘lov tizimiga ulanish, mazkur tizimda plastik kartalarni chiqarish va terminallarni o‘rnatish;

  • bank kartalari (kartalik biznes) sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • zamonaviy kontaktsiz to‘lov usullarini (QR-kod) joriy etish, xalqaro plastik kartalar bo‘yicha (VISA, MasterCard) yangi mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish;

  • bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni tashkil etish;

  • 9-sonli Xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholash uchun yangi talablarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash sifatini yaxshilash;

  • korporativ boshqaruv tartibini xalqaro standartlar asosida, zarurat tug‘ilganda, Bankning rahbariyat tartibiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda rivojlantirish;

  • bankning mintaqaviy tarmog‘ini rivojlantirish;

  • xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish;

  • bank xodimlari va tarkibiy bo‘linmalarining asosiy ko‘rsatkichlari samaradorligi tizimini (KPI) ishlab chiqish va joriy etish.




Yüklə 71,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə