Andijon iqtisodiyot va qurulish institute



Yüklə 71,58 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü71,58 Kb.
#138288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
AMALLIYOT HISOBOTI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON IQTISODIYOT VA QURULISH INSTITUTE


“IQTISODIYOT VA QURULISH INSTITUTE” Fakulteti “Bank Ishi va Auditi Yonalishi” 20_21-Guruh Talabasi
Husanov Asadulloning
Amaliyot Yakunlariga Doir Tayyorlagan
HISOBOTI

Amaliyot obyekti: TRAST BANK



Kafedradan tayinlangan raxbar: ____________________________ ______
(F.I.O) (imzo)
AMALLIYOT HISOBOTI
Reja

  1. Trast bankning shakllanish tarixi va umumiy ma`lumot

  2. Trast bankning boshqaruv strukturasi

  3. Trast bankning ichki va tashqi aloqalari.

  4. Trast bankning iqtisodiy ko`rsatkich taxlili.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


"Trastbank" — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik birja banki. 1994-yil 21 iyunda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya olgan. Boshqaruv idorasi Toshkent shahrida. "Poytaxt" va "Toshkent" filiallari bor. Asosan, yuridik va jismoniy shaxslarga joriy va valyutadagi xisobvaraklar ochish va yuritish; milliy va chet el valyutasidagi mablagʻlarni kredit, depozit va xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb qilish va joylashtirish; davlat toʻlov hujjatlarini va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saklash, chet el valyutasini sogish va sotib olish, faktoring, lizing xizmatlari kabi 12 turdagi amaliyotlarni bajaradi. Kapitalining yetarliligi boʻyicha respublikadagi 3 ta birinchi oʻrta banklar guruhida turadi. Bankning jami aktivlari (mln. soʻm) 10221,0 ustav kapitali 2002,4, kredit portfeli 3802,5, foyda 130,7, zaxira kapitali 778,6. Joriy likvidlik koeffitsiyenta 72,3%, kapital yetarliligi koeffitsiyenti 34,0% (2003)
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi faoliyati bo‘yicha umumiy nazoratni olib boradi hamda Xodimlar bilan ishlash departamenti, Yuridik xizmat departamenti, Komplayens nazorati departamenti, G‘aznachilik departamenti, Ijro Apparati, Bank tavakkalchiliklarini boshqarish departamenti, Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqini himoya qilish departamenti, Axborot xizmati, Strategik rivojlanish departamenti, Ishlarni boshqarish departamenti, O‘quv markazi va Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti, Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti, Investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tadbiq etish boshqarmasi, Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, Loyihalarni xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish boshqarmasi, Kredit departamenti, Kredit portfeli tahlili va monitoringi departamenti, Amaliyot boshqarmasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Shuningdek, Darxon, Termiz, Samarqand, Qarshi, Jizzax filiallari, “Trast Lizing” MChJ faoliyati ustidan nazoratni olib boradi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini kreditlash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtiradi.
Chakana biznes departamenti, Raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish departamenti, Pul muomalasi va kassa ishini tashkil etish departamenti, Plastik kartalar departamenti, Marketing va reklama boshqarmasi, Informatsion texnologiyalar boshqarmasi, Bank operatsiyalari metodologiyasi boshqarmasi faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro va Yakkasaroy filiallari faoliyati ustidan nazoratni olib boradi.

2021-yil 25-noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (EDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darajasida ekanligini qayta tasdiqladi.

Bank reytinglari bo'limida ma'lumotlar quyidagicha:

2021-yilning 25-noyabr kuni “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘zining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (EDR) “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasida hamda Barqarorlik reytingini (VR) “b” darajasida qayta tasdiqladi.
Emitent defolt reytinglarining “EDR” uzoq muddatli reytinglari “Trastbank” XABning kredit layoqatliligi bilan bog'liq bo'lib, bu bankning yuqori foydaliligi va yuqori darajada kapitallashuv, sezilarli darajadagi likvidli aktivlar va ularning daromadligi hamda a‘lo darajadagi rentabellik ko'rsatkichlarini hisobga olgan “b” darajasi VR reytingida aks ettirilgan.
“Trastbank” XAB rentabelligi ijobiy reyting omili bo'lib, o‘zaro aloqador shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligining prognozlariga ko‘ra, bankning kichik va o‘rta biznesni yuqori daromadli kreditlashga qaratayotgani, yaxshi operatsion samaradorlik, yuqori operatsion foyda reytingning yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
“Trastbank” XAB kapital yetarlilik darajasiga yuqori xalqaro reyting bahosi berilishiga yuqori daromadlilik ko'rsatkichlari va sezilarli likvid aktivlari bilan bog‘liq. “Fitch Ratings-Moskva” reyting agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bankning kapital va likvidlikka bo'lgan regulativ me'yor ko'rsatkichlari, "Trastbank"ning kapitaliga bo'lgan bosimni, bankning yuqori foydaliligi xarajatlarni qoplash imkonini beradi.

Trastbank” XAB uzoq va qisqa muddatli reytingi «Fitch Ratings» reyting agentligi tomonidan tasdiqlandi


2020 yil 14 dekabrda Fitch Ratings-Moskva/London reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi defolt emitentida (RDE) uzoq muddatli reytinglarini “V” darajasini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada qayta tasdiqladi.
“Fitch Ratings” agentligi mutaxassislari “V” darajasining “Barqaror” prognozi bankning samarali faoliyati uning kelgusi rivojlanishida ham o‘z ifodasini topishini, bunda moliya bozorining turli segmentlarida olib borilayotgan yuqori daromadli biznes muhim omil bo‘lishini qayd etadi. Bu esa, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan kreditga layoqatliligini qayd etadi.
«Trastbank» XABning barqaror istiqboli prognozi “Fitch Ratings” tomonidan kutilayotgan keyingi iqtisodiy o‘sishni aks ettirib, sanoatni rivojlantirishga va mamlakatda iste’molga sarflanadigan davlat xarajatlari bilan ta’minlanishi hamda 2021 yilda kredit berish va bank rentabelligi o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mamlakatdagi iqtisodiy sharoitlar va bank muhitining sezilarli zichligini hisobga olgan holda, «Trastbank» XABning «Barqaror» istiqbolidagi reytingini tasdiqlash - bu Bankning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi, vakolatli korporativ boshqaruvi va to‘g‘ri strategiyasining aksidir.

Trastbank”ning kredit reytingi “Ahbor-Reyting” tomonidan tasdiqlandi


«Axbor-reyting» reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga 2020 yil monitoringi natijalariga ko‘ra, Bankning kredit reytingini milliy shkala bo‘yicha ilgari taqdim etilgan "uzA+" darajasida juda yuqori «Ijobiy» prognozli kredit reytingini qayta tasdiqlandi.
«uzA+» reytingi bankning kreditga layoqatlilik darajasi juda YuQORI ekanligidan dalolat beradi, bu uning faoliyatida kredit tavakkalchiligining juda past darajasini aks ettiradi. «uzA+» reytingiga ega bo‘lgan bank kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun yuqori salohiyatga ega ekanligini bildiradi.
«Trastbank» XABga berilgan reyting bankning bank bozorida o‘sib borayotgan mavqeini, yuqori obro‘sini va taniqli brendini, xatarlarni boshqarish darajasi yuqoriligini, balanslangan likvidlik pozisiyasini va kapitallashuvni, shuningdek moliyaviy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sib borishini aks ettiradi.
«Ijobiy» reyting prognozi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining bank bozorida ko‘rsatkichlarining o‘sib borayotganini, aktivlarning sifati va moliyaviy ko‘rsatkichlarining yanada yaxshilanganligini, bank bozoridagi pozisiyalarining mustahkamlanishini, kapitallashuv va Bankning daromadliligi oshganligini anglatadi.

Yüklə 71,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə