Andijon iqtisodiyot va qurulish institute



Yüklə 71,58 Kb.
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü71,58 Kb.
#138288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AMALLIYOT HISOBOTI

2. Maqsad va vazifalar
4. Sifat sohasida asosiy maqsadga erishish va amalga oshirish uchun Bank asosiy yo‘nalish va vazifalarni belgilab oldi:
a) menejmentning xalqaro prinsiplari va usullari hamda korporativ boshqaruv Kodeksini joriy qilish orqali Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
b) mijozlar, aksiyadorlar va Bank hamkorlarining istak va talablarini hisobga olgan holda, Bankning samaradorligi va uning raqobatbardoshligini oshirish;
v) bank mijozlariga taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar turlarini yanada kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
g) bank filiallari tarmog‘ini kengaytirish orqali taqdim etiladigan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
d) muhim sohalarda biznesning o‘sishini ta’minlash yoki rejalashtirilgan mutlaq ko‘rsatkichga erishish;
e) moliyaviy resurslarni jalb qilish manbalarini (mijozlar depozitlari, o‘z mablag‘lari, depozit sertifikatlari va mablag‘larni jalb qilishning boshqa vositalari) va aktivlarning tarkibini tizimli ravishda keng diversifikatsiya qilish;
yo) mijozlar bazasini kengaytirish va ularning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish;
j) yangi yuqori texnologiyali bank mahsulotlarini ishlab chiqish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini, operativ samaradorligi va boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida bankning mavjud biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish;
z) Kadrlarni boshqarish tizimini doimiy takomillashtirish orqali korporativ madaniyat darajasini oshirish, jamoaviy mehnatni rag‘batlantirish, kasbiy va martabaviy o‘sishni rag‘batlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
i) Bankning ijobiy imidjini yaratish va jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek bankning umumiy strategik maqsadlariga muvofiq marketing strategiyasini amalga oshirish uchun zamonaviy marketing va PR usullaridan faol foydalanish.
5. Belgilangan strategik yo‘nalishlarni bajarish uchun Bank rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
a) bank sifat menejmenti tizimiga qo‘yiladigan barcha qonunchilik va me’yoriy talablarga rioya qilish;
b) mijozlar va manfaatdor tomonlarning sifat sohasidagi barcha talablarini bajarish;
v) sifat sohasidagi maqsad va vazifalarni aniqlash;
g) Bank va uning filiallari faoliyatini muntazam ravishda tahlil qilish, mijozlar va manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari, sifat siyosatini amalga oshirish natijalari va maqsadlariga erishish;
d) sifat menejmenti tizimini takomillashtirish maqsadida tahlil natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar va tuzatish ishlarini amalga oshirish;
e) Sifat siyosati to‘g‘risida bankning barcha darajalari va filiallari hodimlarining xabardorligini ta’minlash;
yo) xodimlar tomonidan tashabbus namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va Sifat siyosatining maqsad hamda vazifalariga erishish uchun zarur resurslarni taqdim etish;
j) Sifat siyosati bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
z) tasdiqlangan Sifat siyosatining dolzarbligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uni muntazam ravishda tahlil qilish.

Yüklə 71,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə