Andijon iqtisodiyot va qurulish institute


Ayni vaqtda ochiq bo’sh o’rinlar yo’q



Yüklə 71,58 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü71,58 Kb.
#138288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AMALLIYOT HISOBOTI

Ayni vaqtda ochiq bo’sh o’rinlar yo’q
“Trastbank” XABning kadrlar siyosati- barqaror, yuqori malakali professional jamoa shakllantirish.
Xodimlarni ishga olishda asosiy mezonlar:

Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining korrupsiyaga qarshi kurashish


SIYOSATI


Ushbu hujjat “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, qolaversa, ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi: qo‘llanishi bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti asosida ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida korrupsiyaga qarshi kurashishning maqsadi va prinsiplari, korrupsion harakatlar va ular haqida xabar berish mexanizmi, korrupsiyaning oldini olish choralari hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilab beradi.


Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining sifat siyosati
1. Umumiy qoidalar
1. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining (keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) sifat siyosati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3270-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan eng yuksak bank amaliyotiga asoslangan va bankning sifat sohasidagi tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy maqsadlar, vazifalar va yo‘nalishlarini belgilaydigan bank-moliya tizimidir.
2. Bankning sifat menejmenti tizimi mijozlar va manfaatdor tomonlarning talablariga javob beradigan bank xizmatlarini ko‘rsatishni muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uzoq muddatli, barqaror daromad va doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun izchil choralar ko‘rishga mo‘ljallangan.
3. Bank rahbariyati va xodimlari sifat sohasida o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib - yuqori sifatli moliyaviy hizmatlarni taqdim etuvchi yirik moliyaviy barqaror tijorat banki sifatida mijozlar va barcha manfaatdor tomonlarning bankka bo‘lgan ishonchni qo‘lga kiritish va mustahkamlash vazifasini qo‘ygan.

Yüklə 71,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə