Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirishning rivojlanish sabablari va omillari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Standartlashtirishning rivojlanish sabablari va omillari. 
Standartlashtirish tarixiy jarayoni tahlili shuni ko`rsatadiki, Davlatlarning
hukmronlikka intilishi,jumladan, urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi. 
Xususan, birinchi jahon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator 
mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Avstriya, Vengriya, 
Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo`yicha milliy 
tashkilotlar tuzilgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa, Ya’ni 1946-yilda xalqaro 
s t a n d a r t l a s h t i r i s h t a s h k i l o t i t u z i l i s h i g a a s o s s o l i n d i . 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqiyotida anchagina 
yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa bir 
qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi. Bu 
mamlakatlarning ba’zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo`ldi. 
Standartlashtirish qo`mitasi barpo bo`lganmamlakatlar orasida Angliya birinchi 
bo`ldi. Qo`mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy salohiyatini, 
ashyo–mahsulot, harbiy texnika va boshqa buyumlarga standartlar ishlab chiqish va 
uni joriy etish hisobiga amalga oshirishni ko`zlashdan iborat edi.
O`tgan asrning oxirlariga kelib standartlashtirish bo`yicha AQSH, Yaponiya va 
Yevropa mamlakatlari yetakchilikka erishdilar. Bu mamlakatlarda iqtisod jadal 
rivojlanib bordi va ular jahon bozorida mustahkam o`rnashib oldilar. 
Shu tariqa jahon bozorida XXI asrning boshlariga kelib AQSH, Yaponiya va 
Yevropa mamlakatlari mahsulotlari erkin savdoda hukmronlik qila boshladi. Hozirgi 
kunda bularga buyuk Xitoy, Janubiy Koreya, Malaziya va Turkiya kabi bir qator 
rivojlanayotgan mamlakatlar ham qo`shilib bormoqdalar. 


19 
Standartlashtirishning mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishi ularning xalqaro 
bozorda gegemonligini kuchaytirishga olib keldi. Hatto shu darajaga keldiki, sifatli 
mahsulot yaratgan, ammo standartlashtirish bo`yicha yetakchi bo`lmagan mamlakatlar 
jahon bozoriga erkin yo`l topa olmay qoldilar. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə