Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirish va sifat



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
1.4 Standartlashtirish va sifat. 
Standartlashtirish haqiqiy mavjud yokisodir bo`lishi mumkin bo`lgan masalalarni 
yechishga, sifat esa belgilangan va mo`ljallangan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. 
Bunda 
standartlashtirish 
bo`yicha 
faoliyatningeng 
muhim 
natijalari 
mahsulot(jarayonlar, xizmatlar) ning o`z vazifasiga muvofiqlik darajasini oshirish, 
Ya’ni belgilangan va mo`ljallangan ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo`lgan. Me’yoriy 
hujjat sifatida namoyon bo`ladi. "Me’yoriy hujjat" tarkibiga standartlar va texnik 
shartlar kiradi. Me’yoriy hujjatlar faoliyat turlariga oid tavsiflarni o`rnatadi. 
Standartlashtirish obyekti bo`lmish inson faoliyati sohasi juda keng: fan va 
texnika; ishlab chiqarish-texnikaga mo`ljallangan mahsulotni va xalq iste’moli 
mollarini ishlab chiqarish; tibbiyot, ta’lim, maishiy, sayohat, transport va h.k. 
sohalardagi xizmatlardan iborat. Barcha hollarda ham har qanday sohada faoliyat 
sifatiga talablar me’yoriy hujjatlarda belgilab qo`yiladi. Bunda nafaqat mavjud, balki 


26 
mo`ljallangan vazifalarni hal etish, Ya’ni nafaqat belgilangan, balki mo`ljallangan
ehtiyojlarni ham qondirish kuzda tutiladi. 
Aytilganlardan ma’lum bo`lishicha, belgilangan va mo`ljallangan ehtiyojlarning 
qoniqarli bo`lishini ta’minlovchi mahsulot (xizmatlar) tavsiflari majmui me’yoriy 
hujjatlarda belgilanar ekan, me’yoriy hujjatlarning o`zini ham yuqori ilmiy-texnik 
darajada bo`lishini ta’minlash zarur. Bu masala quyidagi yo`l bilan hal etiladi: 
a) xalqaro, davlatlararo, hududiy standartlarni qo`llanish; 
b) mamlakatimiz me’yoriy hujjatlarini xalqaro, hududiy standartlar bilan 
uyg`unlashtirish; 
v) me’yoriyhujjatlarda 
an’anaviy 
texnologiyalarning 
imkoniyatlaridan 
ilgarilanuvchi, kelajakka mo`ljallangan dastlabki talablarni o`rnatish, (o`zuvchi, 
oldindan standartlashtirish); 
g) mahsulot (xizmatlar) ning texnik saviyasini va sifatini oshirish bo`yicha chora-
tadbirlarni ko`rish maqsadida me’yoriy hujjatlarning ayrim tafsilotlarini o`xshash 
mahsulotga xorijiy standartning ko`rsatkichlari bilan taqqoslash. 
"Mahsulot sifatining darajasi" va "Mahsulotning texnik saviyasi" tushunchalarini 
farqlash kerak. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə