28
Uzoqqa chidamlilik: ko`rsatkichlari:
•
o`rtacha
ish resursi;
•
belgilangan ish resursi;
•
gamma-foiz resursi;
•
resurs va b.
v)
ta’mirlanuvchanlik
- obyektning buzilishlarni oldini olishga va buzilish
sabablarini aniqlashga hamda ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish yo`li
bilan
buzilish oqibatlarini bartaraf etishga moslanganlik xususiyatlarini tavsiflaydi.
Ta’mirga yaroqlilik ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
•
ish qobiliyatini tiklash ehtimolligi;
•
ishqobiliyatini tiklashga sarflanadigan o`rtacha vaqt va b.
Tiklanuvchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
•
sifat ko`rsatkichining belgilangan qiymatigacha tiklash o`rtacha vaqti
•
tiklash darajasi (tiklangandan keyin sifat ko`rsatkichi qiymatining ushbu sifat
ko`rsatkichining belgilangan yoki boshlang`ich qiymatiga nisbati) va b.
Izoh:
Mahsulotlar va materiallar xossalarining
saqlash va tashishdan keyin
tiklanishga moslanganligi tiklanuvchanlik ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
g)
saqlanuvchanlik
- obyektning sozlik va ishga qobiliyatlilik holatini yoki
mahsulotning iste’mol qilishga yaroqlilik holatini saqlash
davomida va saqlashdan
keyin va (yoki) tashishdan keyin saqlash xususiyatini tavsiflaydi.
Saqlanuvchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
•
saqlanuvchanlikning o`rtacha muddati;
•
saqlanuvchanlikning gamma-foiz muddati va b.
Dostları ilə paylaş: