Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Resurslar(maddiy boyliklar)ni



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160
Standartlashtirish asoslari

3.Resurslar(maddiy boyliklar)ni
tejash ko`rsatkichlari - mahsulotning xom- 
ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiyani va foydalanish (iste’mol qilish)da mehnat 
resurslarini talab etishi darajasi bo`yicha uning texnik mukammalligini aks ettiruvchi 
xossalarini tavsiflaydi. 
Resurslarni tejash ko`rsatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi: 
a) xomashyo va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish ko`rsatkichlari, 
jumladan: 


29 

xomashyoning solishtirma sarfi; 

materiallarning solishtirma sarfi; 

belgilangan sharoitlarda xomashyoning nobud bo`lishi; 

belgilangan (e’tirof etilgan) sharoitlarda materiallarning nobud bo`lishi va b. 
b) energiya iste’molining tejamlilik ko`rsatkichlari, jumladan: 

yoqilg`ining solishtirma sarfi; 

energiya (energiya tashuvchi)ning solishtirma sarfi; 

foydali ish koeffitsienti va b. 
Energiyadan tejamli foydalanish ko`rsatkichlari sifatida, odatda, solishtirma 
ko`rsatkichlardan, Ya’ni sarflanadigan energiya va (yoki) yoqilg`ining ishlab 
chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan foydali ish hajmiga (ish birligiga) nisbatidan 
foydalaniladi. 
v) mehnat resurslaridan tejamli foydalanish ko`rsatkichlari: 

mahsulotdan foydalanganda (iste’mol qilganda) umumiy mehnat sarfi; 

mahsulotdan foydalanganda (iste’mol qilganda) asosiy ko`rsatkich birligiga 
solishtirma mehnat sarfi va b. 
Xomashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya va mehnat resurslaridan tejamli 
foydalanishni tavsiflovchi umumlashtirilgan ko`rsatkichlar sifatida mahsulotni ishlab 
chiqish, tayyorlash va foydalanish (iste’mol qilish)dagi sarf-harajatlarni tavsiflovchi 
ko`rsatkichlar qo`llanilishi mumkin. 
4.
Ergonomik ko`rsatkichlar
"inson - buyum" (jumladan, "inson - mashina") 
tizimini tavsiflaydi va inson hayotida sodir bo`ladigan gigienik, antropometrik, 
fiziologik va psixologik xususiyatlar majmuini hisobga oladi. 
Ergonomik ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 

shovqin darajasi; 

yorug`lik darajasi; 

harorat darajasi; 

mahsulot konstruksiyasining insonning tezlik imkoniyatlariga muvofiqligi; 

mahsulot konstruksiyasining insonning kuch imkoniyatlariga muvofiqligi va b.


30 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə