Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirish va ekologiya(asosiy tushuncha va atamalar)



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
1.5. Standartlashtirish va ekologiya(asosiy tushuncha va atamalar) 
Ijtimoiy taraqqiyot demografik o`sishi xamda amalga oshgan ilmiy-texnik 
taraqqiyot natijalari sabab, xar xil antropogen omillar zo`raygan xam. Xullas, xozirgi 
paytda turli mintaqa va xududlarda kuzatilayotgan ekologik tanglik – muommolar 
insoniyat, xamda fan-texnika tarqqiyotining tabiatga texnogen tasiri oqibat natijasidir. 
Istiqlol sharofati bilan Respublikamizda shu paytgacha o`tgan mustaqillik yillar 
mobaynida turli sohalarda bo`lganidek atrof muxit muhofazasini taminlash, mavjud 
tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bo`yicha, shu bilan birga, xalkimiz 
xususan yoshlarimizni ekologik bilimdonligini oshirish uchun bir qator muxim chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan ekologiya doir ko`plab qonunlar xukumat 
qarorlari va turli meyoriy xujjatlar xam qabul qilindi. 
Keyingi yillarda xatto bevosita ekologik muommolar bilan shugullanadigan 
yetuk mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Natijada mamlakatimizdagi ekologik tanglik 
va muommolarga qarshi kurashish, inson ekologiyasi bilan bogliq masalalarni xal 
etishga xam kirishildi. 
Turli toifadagi ekologik anjumanlarning mamlakatimizda tashkil etilishi, barcha 
xududlarimizda yashayotgan odamlarga tibbiy xizmatlar kursatilishiga etibor 
kuchaytirilgani fikrimiz isbotidir. Bundan tashqari, respublikamiz iqtisodiyotini rivoj 


33 
toptirish maqsadida yangidan tashkil qilinayotgan turli xil ishlab chiqarish korxonalari 
asosida ‘’CHiqitsiz’’ (yoki kamchiqitli) texnologiyalaridan foydalanishga aloxida 
eotibor berilayotgani xam ko`pchilikka yaxshi ma`lum. 
Ana shunday bir vaziyatda, shubxasiz ekologiya va ekologiyaga oid ilmiy-
amaliy malumotlar aks etgan manbalarga ehtiyoj ortib borayotgani tabiiy. SHu bilan 
birgalikda ushbu sohada tegishli adabiyotlarning tankisligi xam sezilmoqda. Xozirgi 
davrda nafaqat ekologiya sohasida bevosita faoliyat ko`rsatadigan mutaxasis, ishchi va 
xizmatchilar, ekologik ta`limni amalga oshirayotgan pedagog kadr va xodimlar 
shuningdek, xarbiy o`quvchi, talaba, xatto oddiy fuqoro xam ma`lum darajada 
ekologik tushunchalarga ega bo`lish maqsadga mufoqligini davr taqozo etmoqda. 
ABIOTIK OMILLAR – tirik organizmlar (biosfera unsurlari)ga bevosita yoki 
bilvosita tasir o`tkazuvchi noorganik tabiiy kuch, manba va xodisalar yani quyosh
radiatsiyasi, yoruglik darajasi, xarorat, namlik, yogin-sochinlar, buron-dovullar, yer 
ichki energiyasi va xokozolar. Bular jumlasiga tuproqlardagi jonzotlarga tegishli 
edafik shuningdek,gidrosfera bilan boglik gidrografik omillar kiradi. SHuni xam 
ta`kidlash kerakki, bir yil mobaynida yer kurrasiga to`gri keladigan quyosh 
energiyasining miqdoriy ko`rsatkichlari yer satxining xamma nuqtalarida bir xil emas. 
Masalan Ekvatordan shimoliy va janubiy qutiblar tomon yo`nalishlarda energiya 
(radiatsiya) darajasi 2,5 barobar (yiliga 180-200 kJ/sm.kv dan to 60-80 kJ/sm.kv 
gacha) kamayadi. Bunday xolat albatta biosfera tarkib tuzilmasiga o`z tasirini 
ko`rsatadi. Xuddi shuningdek yer silkinishlari, vulqon otilishlari, kuchli tayfun-
dovullar va buronlar xam abiotik omillardan xisoblanadi. Ular tufayli so`zsiz 
ekologiya muommolari kelib chiqadi.
AVTOTROF ORGANIZMLAR - (autos-ulim, tropxe-oziklanish) foto-sintez 
yoki xemosintez jarayonida noorganik moddalardan organik birikmalarni xosil 
qiluvchi organizmlar. 
AGROFITOTSENOZ (yunoncha Agros – dala, pxyton – o`simlik, koinos – 
umumiy) – agrotsenozning o`simliklarga oid qismi. 


34 
ADAPTATSIYA – moslashish, ko`nikish tirik organizmlarning tashqi muxitda 
tabiiy evolyusiya jarayonida yuzaga kelgan nisbatan yangi shart-sharoitga moslashish 
jarayoni. 
ADVEKATSIYA – ufqiy ko`chish. Bunda muayyan miqdordagi faol kislarod 
massasini atmosferaning yuqori qavatlari tomon xarakatlanishi tufayli havo muxitida 
turli xil fizik-kimyoviy jarayonlarining sodir bo`lishi kuzatiladi.
ADRENALIN – nerv sistemasi faoliyatida faol ishtirok etuvchi organik birikma 
– garmon. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə