Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirish va birxillashtshrish ko`rsatkichlari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160
Standartlashtirish asoslari

8. Standartlashtirish va birxillashtshrish ko`rsatkichlari
mahsulotning standart
birxillashtirilgan va originap tarkibiy qismlar bilan boyitilganligini, shuningdek
boshqa buyumlar bilan birxillashtirilish darajasini ifodalaydi. 
Standartlashtirish va birxillashtirish ko`rsatkichlariga: 

qo`llanuvchanlik; 

takrorlanuvchanlik; 

birxillashtirilish koeffitsientlari va b. kiradi. 
9. Patent-huquqiy ko`rsatkichlar
mahsulotda foydalanilgan texnik yechimlarning 
yangilanganlik darajasini, ularning patent bilan himoyalanganligini, shuningdek, 
mamlakat ichida va xorijda xaridga to`siqsiz qo`yish imkonini tavsiflaydi. 
Patent-huquqiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 

patent bilan himoyalanganlik ko`rsatkichi; 

patent tozaligi ko`rsatkichi va b. 
10. Ekologik ko`rsatkichlar
mahsulotdan foydalanganda yoki iste’mol qilganda 
sodir bo`ladigan atrof muxitga zararli ta’sir darajasini tavsiflaydi. Bu ko`rsatkichlarni 
tanlash va aniqlashda atrof muxitni muxofazalash talablari hisobga olinadi. 
Ekologik ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 

atrof muxitga chiqarib yuboriladigan zararli aralashmalarning ruxsat etilgan 
miqdori; 

mahsulotni saqlash, tashish, ishlatish yoki iste’mol qilishda atrof muxitga 
zararli moddalar, gazlar, nurlanishlarni chiqarib yuborishi ehtimolligi va b. 
11.Xavfsizlik ko`rsatkichlari
mahsulotning ishlatishda (iste’mol qilishda) inson 
hayotiga, sog`ligiga va mulkiga, atrof muxitga xavfsizligi xossalarini va 
xususiyatlarini tavsiflaydi. 
Xavfsizlik ko`rsatkichlari Uz.RX 51-010:1998 ga asosan mahsulot turlari bo`yicha 
shakllantiriladi, masalan, elektrotexnik jixozlar va buyumlarning xavfsizlik 
ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 

elektr tokidan shikastlanishdan saqlanish klassi; 

boshqarish, xizmat ko`rsatish, ekspluatatsiya qilishda mehnatning xavfsizligi

izolyatsiyani doimiy tekshiruvchi qurilmaning mavjudligi; 


32 

shovqin darajasi; 

azot oksidlari, karbon (uglerod) va b.ni atrof muxitga chiqarib yuboriladigan 
solishtirma miqdori. 
Sut va sut mahsulotlari uchun: 

kislotalilik; 

mikrobiologiya ko`rsatkichlar; 

pestitsidlar, og`ir metallar, aflotoksinlar va b.ning qoldiq 
miqdori. 
Demak, MSKT standartlarida ko`rsatilgan mahsulot tavsiflari majmui va 
O`zbekiston me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan rioya qilish majburiy bo`lgan 
talablar majmui mahsulot sifatini tashkil etadi va standartlashtirish bilan ta’minlanadi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə