Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


  2- Bob. STANDARTLASHTIRISHNING QONUNIY ASOSLARI



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 


43 
2- Bob. STANDARTLASHTIRISHNING QONUNIY ASOSLARI
2.1 O`zbekiston Respublikasida standartlashtirishning qonuniy asoslari. 
O`zbekiston Respublikasi standartlashtirishga oid qonunlarining izoxlari.
«O`zbekiston 
Respublikasining 
standartlashtirish 
bo`yicha 
ishlarni 
tashkillashtirish to`g`risida» (mart 1992 y.) Respublika Vazirlar Maxkamasining qarori 
bilan 
belgilangan 
standartlashtirishning 
tashkiliy 
asoslari 
O`zbekiston 
Respublikasining «Standartlashtirish to`g`risida» Qonuni bilan qonunlashtirildi. Qonun 
28 dekabr 1993-yilda qabul qilingan, 18 fevral 1994-yilda ommaviy axborot 
vositalarida chop etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan. 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari aniqlangan. Bu maqsadlar: 
– inson va atrof muhit uchun xavfsizlikni; 
– mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulot, jarayonlar, xizmatlarning 
sifatini va raqobatbardoshligini oshirishni
– o`zaro almashinuvchanlikni, mos keluvchanlikni, boyliklarni tejashni; 
– ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarining yaxshilanishini; 
– ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishni; 
– tabiiy va texnogen halokatlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarning paydo 
bo`lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq ho`jaligi obyektlarining xavfsizligini; 
– iste’molchilarning ishlab chiqariladigan mahsulot to`g`risida to`liq va 
ishonchli axborotga ega bo`lishini; 
– mamlakatning mudofa qobiliyati va safarbarlik tayyorligini; 
– o`lchashlar birliligini ta’minlaydi. 
O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to`g`risida»gi Qonunida 
belgilanganki, respublikada standartlashtirish bo`yicha ishlarni o`tkazish umumiy 
tashkiliy-texnik qoidalarini belgilovchi O`z SDT faoliyat ko`rsatadi. Bu qoidalarning 
o`zi O`zdavstandart tomonidan o`rnatiladi. Davarxitekturaqurilish (qurilish, qurilish 
industriyasi, 
shu 
jumladan 
loyihalash 
va 
konstruksiyalash 
sohasida), 
Davtabiatqo`mitasi (tabiiy boyliklardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslanish va 


44 
boshqa zararli ta’sirlardan saqlash sohasida), Sog`liqni saqlash vazirligi (tibbiyotga 
mo`ljallangan mahsulotlar, tibbiyot texnikasi, dori-darmonlar sohasida, shuningdek, 
respublikada chiqariladigan va import bo`yicha keltiriladigan mahsulotda inson uchun 
xavfli aralashmalar borligini aniqlash masalalari bo`yicha o`zining vakolat doirasida 
standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ta’minlash ishlarini 
olib boradi. Respublikada qo`llaniladigan me’yoriy hujjatlar ro`yxati keltirilgan: 
– xalqaro (davlatlararo, hududiy) standartlar; 
– O`zbekiston davlat standartlari; 
– tarmoqlar standartlari; 
– texnik shartlar: 
– ma’muriy-hududiy standartlar; 
– korxona standartlari; 
– xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 
Standartlashtirish bo`yicha me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, standartlashtirish 
bo`yicha qoidalar, me’yorlar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlar tasniflagichlari 
(klassifiqatorlari) ham kiradi. 
Xalqaro (davlatlararo, hududiy), xorijiy me’yoriy hujjatlar O`zdavstandart 
tomonidan belgilangan tartibda qo`llaniladi. Yagona va uzluksiz ta’lim davlat tizimida 
ta’lim davlat standartlari ishlab chiqiladi, respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Standartlashtirish bo`yicha me’yoriy hujjatlar mamlakatimiz va xorijiy fan va 
texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslanishi va xalqaro savdo uchun ortiqcha 
to`siqlar paydo qilmasligi lozim. Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun o`zuvchi 
(oldindan tuziladigan) standartlar yaratilishi mumkin. 
Mahsulotni me’yoriy hujjatlarsiz ishlab chiqarish va xaridga qo`yish (sotish) 
man etiladi. 


45 
Mahsulotning aholi hayoti, sog`ligi, mulkiga xavfsizligini ta’minlaydigan 
me’yoriy hujjatlarning talablari mahsulotning mos keluvchanligi va o`zaro 
almashinuvchanligini, bularni tekshirish usullarining bir xilligini va bir xil 
tamg`alanishini ta’minlash uchun rioya qilinishi shart. 
Standartlar va o`lchashlar birligini ta’minlash ustidan davlat nazorat idoralari, 
obyektlari va subyektlari, davlat nazoratini bajaruvchi davlat inspektorlarining 
huquqlari va ma’sulligi, shuningdek, davlat nazorati subyektlarining va bularga rahbar 
shaxslarning standartlashtirish to`g`risida qonunlarni buzganligi uchun javobgarliklari 
belgilangan. 
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ishlar ro`yxati belgilangan: 
– xalqaro, davlatlararo, hududiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish yoki ishlab 
chiqishda qatnashish; 
– standartlashtirishning muayyan obyektlari bo`yicha qonun hujjatlarining 
loyihalarini ishlab chiqish; 
– asos bo`luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me’yoriy hujjatlarni 
ishlab chiqish va ularni ishlashini ta’minlash; 
– texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlarini ishlab chiqish, bular to`g`risida 
rasmiy axborot tayyorlash va chop etish, shuningdek, barcha foydalanuvchilarga 
tarqatish; 
– umumdavlat ahamiyatidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish; 
– standartlarning majburiy talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini 
amalga oshirish; 
– me’yoriy hujjatlar davlat jamg`armasini shakllantirish va olib borish. 
Standartlarni, mahsulot va xizmatlar katalogini sotishdan olingan mablag`lar, 
shuningdek, standartlashtirish to`g`risidagi qonunlarni buzganligi uchun jarimaga 
tortishdan olingan mablag`larning bir qismi moliyalash manbalari bo`lishi mumkin. 
Davlat budjeti mablag`laridan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini ishlab 
chiqishda mahsulot sifatini me’yoriy ta’minlash bo`limlari nazarda tutilishi lozim. 
Muvofiqlik belgisi bilan tamg`alangan mahsulot chiqaruvchi korxonalarni, 
shuningdek, 
an’anaviy 
texnologiya 
imkoniyatlaridan 
o`zuvchi, 
istiqbolga 


46 
mo`ljallangan talablar standarti bo`yicha mahsulot ishlab chiqargani uchun iqtisodiy 
yordam va rag`batlantirish davlat kafolati Qonunda ko`zda tutilgan. 
Bozor iqtisodiyotining chuqurlashishi, O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga 
(JST) kirishga tayyorlanishi munosabati bilan 2000-, 2003-, 2006-yillarda 
«Standartlashtirish to`g`risida» Qonunga o`zgartirishlar kiritildi. 
2000-yil 
1) 2-moddaning uchinchi qismidan «ro`yxatga olinadi» so`zi chiqarib tashlandi, 
chunki me’yoriy hujjatlarni davlat ro`yxatiga olishni faqat bir tashkilot – 
standartlashtirish bo`yicha milliy idora – O`zstandart Agentligi bajaradi; 
2) 3-moddaning uchinchi qismida «axborot jamg`armalari» so`zlari «tarmoq 
axborot jamg`armalari» ga almashtirildi (6-moddaning sakkizinchi qismidagi davlat 
jamg`armasi so`zlaridan farqlash uchun almashtirildi); 
3) 6-moddada: 
– birinchi qism 3-abzasdagi «standartlar» so`zi «davlat standartlari» so`zlariga 
almashtirildi, chunki O`z DSt 1.0:1998 «O`zbekiston standarlashtirish davlat tizimi. 
Asosiy qoidalar» da «O`zbekiston Respublikasining standartlari» nomi «O`zbekiston 
davlat standartlari» ga almashtirilgan; 
– birinchi qism quyidagi mazmundagi abzas bilan to`ldirilgan: «Ma’muriy-
hududiy standartlar». «Ma’muriy-hududiy standartlashtirish» darajasi Savdodagi 
texnik to`siqlar bo`yicha Bitim (STTo` bo`yicha Bitim) ga muvofiq kiritildi; 
– modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to`ldirildi: 
«Yagona va uzluksiz ta’lim davlat tizimida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim standartlari ishlab chiqiladi»; 
ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, 
to`qqizinchi va o`ninchi qismlarni uchinchi, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, 
sakkizinchi, to`qqizinchi, o`ninchi va o`n birinchi deb o`qish kerak; 
– beshinchi qism quyidagi mazmundagi jumla bilan to`ldirilgan; «Bular xalqaro 
savdo uchun ortiqcha to`siqlar paydo qilmasligi lozim» (STTo` bo`yicha Bitim); 
– sakkizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilgan: 


47 
«Iste’molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulotga standartlar va ularga 
kiritiladigan o`zgartirishlar haq to`lamasdan O`zdavstandart idoralarida davlat 
ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. O`zdavstandart idoralarida ro`yxatga olingan me’yoriy 
hujjatlar davlat axborot jamg`armasini tashkil etadi»; 
4) 9-modda uchinchi qism 4-abzasda “taqiqlash to`g`risida” so`zlaridan keyin 
“ishlab chiqarish” so`zi bilan to`ldirilgan. 
2003-yil 
1) 2-modda ikkinchi qism: 
– 2-abzasda «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O`zbekiston davlat markazi 
(O`zdavstandart)» so`zlari «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
O`zbekiston agentligi (O`zstandart Agentligi)» so`zlari bilan almashtirildi; 
– 3-abzasda «Davlat arxitekturaqurilishqo`m» so`zi «Davarxitektqurilish» so`zi 
bilan almashtirildi; 
2) 3- va 8-moddalarda: 
– «O`zdavstandart» va «Davarxitektqurilishqo`m» so`zlari «O`zstandart 
Agentligi» va «Davarxitektqurilish» so`zlariga almashtirildi; 
3) 8-moddada: 
– butun matnda «standartlar ustidan davlat nazorati» so`zlari «Standartlar va 
o`lchashlar birligini ta’minlash ustidan davlat tekshiruvi va nazorati» so`zlari bilan 
almashtirildi. 
2006-yil 
1) 9-modda ikkinchi qismning 2-abzasida «erkin foydalanish» so`zlari 
«belgilangan tartibda foydalanish» so`zlari bilan almashtirildi; 
2) 9-modda quyidagi mazmunda yozilgan beshinchi qism bilan to`ldirildi: 
«Jarima solish sud tomonidan belgilanadi, xo`jalik yurituvchi subyekt o`zi yo`l 
qo`ygan huquq buzilishini tan olib, ixtiyoriy ravishda jarima to`lashga rozi bo`lsa, 
O`zbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog`iston Respublikasi, 
viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan belgilanadi»; 


48 
3) 9-moddaning beshinchi va oltinchi qismlarini oltinchi va yettinchi qismlari 
deb hisoblash kerak. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə