Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
2
.
2. «Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarishning
asosiy vazifalari 
Mamlakatimiz 
mustaqillikka 
erishishidan 
boshlaboq, 
hukumatimiz 
standartlashtirish muammolariga jiddiy ahamiyat berdi. Respublikamiz iqtisodiyot 
infrastrukturasini xalqaro jamiyatga integratsiyalash borasida bir qator ishlar olib 
borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa savdodagi mavjud texnik to`siqlarning 
yechilishidir. Shu bois, texnik jihatdan tartibga solish bo`yicha olib borilayotgan 
faoliyat o`ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, jahon bozoriga to`siqlarsiz chiqish, 
Butunjahon savdo tashkiloti talablariga javob berish uchun texnik talablarning oqilona 
qo`llanilishi zarur bo`ladi. Hozirda, hukumatimiz tomonidan O`zbekiston 
Respublikasining mazkur xalqaro savdo tashkilotiga kirishi yo`lida qator tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Mazkur tashkilotga a’zo bo`lish uchun amaldagi milliy 
qonunchilikni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish bo`yicha tegishli kelishuvlarda 
belgilangan talablarni bajarish, Ya’ni savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha qonunchilik 
xalqaro talablarga uyg`unlashtirilishi zaruratga aylandi. 
Mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo`lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda 
belgilanadi. Texnik reglamentlar talablariga tegishli qonunlar, yuridik va fizik 
shaxslar manfaatini himoyalovchi har xil turli farmoyishlar mazmunlari asosida 
shakllanadi. Standartlar talablari esa majburiy emas, balki ixtiyoriy tusga kiradi. 
Butunjahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha kelishuvi 
talablarini bajarish maqsadida, "O`zstandart
-
" agentligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, 
Arxitektura va qurilish Davlat qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi 
tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Respublikamizda 
ushbu tashkilotga kirish borasida olib borilayotgan siyosat, avvalo, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini 
oshirishga yo`naltirilgan. 


49 
Yuqorida ta’kidlangan mazkur qonunning asosiy maqsadi mahsulot, xizmatlar va 
jarayonlar xavfsizligiga talablarni o`rnatilishida munosabatlarni tartibga solishdir. 
Qonun 4 ta bob va 28 ta moddalardan iborat bo`lib, texnik jihatdan tartibga solish dav-
lat tizimining asosiy vazifalari, prinsiplari va uning tuzilmasini, davlat va boshqa 
idoralar, ekspert komissiyalari va ekspert kengashlarining vakolatlari hamda texnik 
jihatdan tartibga solish bo`yicha me’yoriy hujjatlar va ma’lumotlar davlat fondi 
yuritilishi qoidalarini belgilaydi. Qonunda belgilangan vazifalarni bajarish hamda 
kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o`rnatilgan tartibda amalga oshirish 
uchun texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi yaratilishi muqarrar. Ushbu tizimda 
faoliyat yuritadigan vakolatli idoralar va boshqa davlat organlari faoliyatining asosiy 
yo`nalishlarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
O`zbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining 
yaratilishi, qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning ikki qavatli ochiq tizimi 
shakllantirilishiga olib keladi. Ushbu tizimning yuqori pog`onasida texnik 
reglamentlar joylashadi, past pog`onani esa xalqaro talab va me’yorlar bilan 
uyg`unlashgan, ishlab chiqaruvchining majburiy talablarga oqilona va to`g`ri rioya 
qilishiga ko`maklashadigan ixtiyoriy standartlar egallaydi. Texnik jihatdan tartibga 
solish davlat tizimi doirasida qabul qilinadigan standartlar ixtiyoriy ravishda 
qo`lanilishi lozim. Kelgusida amaldagi "Standartlashtirish to`g`risida"gi Qonun 
talablariga zid sharoitlarning oldini olish maqsadida, "Texnik jihatdan tartibga solish 
to`g`risida"gi Qonunining 22-moddasida texnik reglamentlar amalga kiritilgach, 
ularda ko`rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan 
standartlashtirish bo`yicha tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini 
yo`qotishi belgilangan. Ammo bu mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonlarini, 
sifatni to`la ta’minlash yo`lida standartlar ishlab chiqish, zaruratini chetlab o`tmaydi. 
Qabul qilingan Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus 
texnik reglamentlar qo`llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar mahsulot, xizmatlar va 
jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 


50 
Maxsus texnik reglamentlar alohida mahsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga 
majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar ("O`zstandart" agentligi, Sog`liqni 
saqlash vazirligi, Arxitektura va qurilish Davlat qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish 
Davlat qo`mitasi va boshqa idoralar) tomonidan tasdiqlanadi. Ta’kidlash joizki, 
mazkur qonunning 17-moddasiga muvofiq texnik reglamentlarda mahsulotning 
konstruksiyasi va bajarilishiga doir talablar bo`lmasligi lozim.Bunday me’yoriy 
hujjatlar o`rnatilgan tartiblar davlat darajasida tasdiqlanishi, texnik reglamentlarni 
ishlab chiqish jarayoniga vakolatli idoralar va mutasaddi tashkilotlar o`ta mas’uliyat 
bilan yondashishlarini taqazo etadi. Amaldagi xalqaro talablar va me’yorlar bilan 
uyg`unlashgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish hukumatimiz tomonidan ishlab 
chiqaruvchilar va tadbirkorlarga yaratilayotgan yana bir qulay imkoniyat bo`libgina 
qolmay, mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi istiqbolli odil qadamdir. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə