Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
Standartlashtirish asoslari

2.4-rasm
. Meyoriy hujjatlar davlat fondi 
Yevropa hamjamiyatida texnik jihatdan tartibga solish tizimini besh xil xuquqiy 
xujjatlar shakllantiradi. Ularning uch xili majburiy tusga ega: 
-direktivlar - Yevropa xamjamiyati mamlakatlari uchun asosiy maqsad va 
vazifalarni belgilaydi; 
-reglamentlar - rasmiy ravishda nashr etilganidan so’ng, Yevropa
mxamjamiyati mamlakatlari tomonidan bajarilishi majburiy; 
-qarorlar - Yevropa xamjamiyati subektlari, masalan kompaniya, firma, 
jismoniy shaxs yoki xamjamiyatga a’zo bo’lgan aloxida mamlakat uchun majburiy. 
Majburiy bulmagan xujjatlar sirasiga esa, rezolyusiyalar, tavsiyanomalar va 
standartlar kiradi. 
Qolaversa, Yevropa xamjamiyati tasis shartnomasining 30 va 36-moddalarida 
bozorni nazorat qilish texnik reglamentlar orqali amalga oshirilishi belgilangan. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, majburiy talablarni texnik reglamentlar orqali 


54 
belgilash va ularga rioya qilish ustidan davlat nazoratini olib borish amaliyoti
Yevropa tajribasida xam o’z ifodasini topgan.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz SHOS, MDX ISO (standartlashtirish bo’yicha 
Xalqaro tashkilot)ga a’zo bo’lganligi bois ushbu doiralarda xalqaro shartnomalar 
bilan qabul qilingan texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi xududida
ham 
amal qiladi. 
O’zbekiston Respublikasining "Texnik jixatdan tartibga solish to’grisnda’’gi 
Qonuniga asosan, texnik reglamentlarni ishlab chiqishda -maxsulot, ish va 
xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi milliy va xalkaro normativ 
xujjatlardan foydalaniladi hamda texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik 
jixatdan tartibga solish soxasidagi normative xu jjatlarning matnlari tuliq yoki kisman 
keltirilishi belgilangan . 
 
2.4 O’zbekiston texnik jixatdan tartibga solish tizimini joriy etish muammolari 
Ma’lumki xalqaro tajribaga muvofik, standartlarni ishlab chiqish tegishli texnik 
qo’mitalarda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor taraflar tomonidan konsensus asosida 
yagona qaror qabul qilishga asoslanadi. Ushbu prinsip texnik reglamentlarni ishlab 
chiqishda xam qo’llanilib, ularni ishlab chiquvchi ekspert kengashi faoliyatida barcha 
mutasaddi idoralar ishtirok etishlari kerak. 
Ammo, bugungi kunda, ayrim soxalarda standartlashtirish bo’yicha texnik 
qo’mitalar tashkil etilmagan. Oqibatda, respublikada ishlab chiqarilayotgan ayrim 
maxsulot xamda ko’rsatilayotgan xizmat turlariga tegishli me’yoriy xujjatlar yetarli 
darajada 
ishlab 
chiqilmagan 
yoki 
amaldagilari 
xalqaro 
talablar 
bilan 
uyg’unlashtirilmagan. 
Vazirlik, idora va boshka xujalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan texnik 
reglamentlar loyixalarini tayyorlashda, xalqaro xujjatlar (standartlar, reglamentlar, 
qoidalar) bilan solishtirish ishlari yetarli daraja tashkillashtirilmagan. Bunga vazirlik, 
idora, boshqa xujalik yurituvchi sub’ektlar "O’zstandart" agentligining me’yoriy 
xujjatlar davlat fondida mavjud amaldagi xalqaro standartlardan foydalanishga, 
xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlarini to’g’ridan to’g’ri qabul qilish yoki 


55 
ularni amaldagi O’bekiston davlat standartlari bilan uyg’unlashtirishga, tegishli soxalar 
bo`yicha xalkaro amaliyot o’tgan malakali mutaxassislar bilan ta’mindashga xamda 
ushbu mutaxassislarni yetishtirish ishlariga yetarli e’tibor qaratishmayotganligi sabab 
bo’lmoqda. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə