Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad, vazifalari, tamoyil va



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
1.3 Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad, vazifalari, tamoyil va 
talablari. 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni amalga oshirish 
standartlashtirishning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Bu maqsadni amalga 
oshirilishi «Standartlashtirish» to`g`risidagi qonunda aniqlashtirilgan: «To`liq yoki 
qisman respublika budjet mablag`larini moliyalashtiruvchi davlat dasturlarini ishlab 
chiqishda mahsulotning sifatini me’yoriy ta’minlanishi bo`yicha bo`limlar ko`zda 
tutilishi shart». 
Tabiat va texnogen falokatlar va boshqa favqulotdagi vaziyatlar vujudga kelishini 
hisobga olgan holda, xalq xo`jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash. 
O`z RH 78-001 rahbariy hujjat bilan me’yoriy hujjatlarda yong`in xavfsizligi 
talablari to`liq ko`rsatilishini tekshirish metodikasi ustidan nazorat qilish tartibi 
tasdiqlangan. 
Standart
 
bu ko`pchilik manfaatdor tomonlar konsensusi (kelishuvi) asosida 
ishlab chiqilgan, ma’lum sohalarda optimal tartiblashtirishga yo`naltirilgan 
faoliyatning har xil turiga yoki natijalariga tegishli bo`lgan umumiy va takror 
qo`llaniladigan qonun-qoidalar tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan 
idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. 
Standartlashtirish
bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali, 
jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazifa (jarayon)larning umum 
maqbul yechimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya 


22 
talablariga rioya qilingan holda, ma’lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada
tartiblashtirish maqsadida qoidalar o`rnatish va qo`llashdir. 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: 

mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog`ligi va mol- 
mulkiga, 
atrof-muhit 
uchun 
xavfsizligi, 
resurslarni 
tejash 
masalalarida 
iste’molchilar va davlat manfaatini himoya qilish; 

mahsulotlarning o`zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlash; 

fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholining hamda xalq 
xo`jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish 
imkonini oshirish; 

barcha turdagi resurslar tejalishiga ko`maklashish, ishlab chiqarishning texnik- 
iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilash; 

ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; 

mudofaa qobilyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash; 

o`lchovlarni yagona birlikda bo`lishini ta’minlash; 
Standartlashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

iste’molchi va davlatning manfaati yo`lida mahsulotning sifati va nomlariga 
nisbatan eng maqbul talablarni qo`yish; 

davlat fuqarolari va xorijiy mamlakatlar ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga 
kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tuzilishi va uni ishlab chiqish 
qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo`llash, hujjatlarni nazorat qilish; 

materiallarda 
energiya 
sig`imini 
kamaytirish, 
kam 
chiqindili 
tejamkor 
texnologiyalarni qo`llash;

texnologik jarayonlarga talablarni belgilash; 

metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarni belgilanishi; 

standartlashtirish bo`yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, 
mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini 
kuchaytirish; 


23 

xorjiy mamlakatlarining talablari O`zbekiston Respublikasining xalq xo`jaligi 
ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ularning xalqaro mintaqaviy va milliy 
standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to`g`ridan 
to`g`ri qo`llash tajribasini kengaytirish; 

mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro 
hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish; 

texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy etish. 
Standartlashtirishning tamoyillari. 
1. Bir-birining o`rnini bosish bo`yicha barcha sanoat mahsulotlariga taalluqli 
umumiy maxsus me’yorlar o`rnatish. 
2. Bir xil guruh mahsulot yoki muayyan mahsulotga taalluqli bir-birining o`rnini 
bosish bo`yicha me’yorlar o`rnatish. 
Umumiy normalarga quyidagi talablar kiradi va ular quyidagilarni o`rnatadi: 
tartiblashtirilgan va normal chiziqli qatorlar, qo`yim va qo`nim, konstruktiv 
elementlar va parametrlar, bir-birining bog`lanish (rez’basi, qotirilishi, ulanishi) vosita 
va usullari.
Umumiy o`zaro almashuvchanlik normalariga mahsulotning geometrik va 
funksional almashuvchanlik talablari kiradi (parametrik va tiplash qatorlari, 
birxillashtirish detallari, markalar va boshqalar). 
O`zaro almashuvchanlik maxsus talablari, funksional, geometrik, o`lchash, 
biologik, elektromagnit, elektrik, mustahkamlik, dasturiy, texnologik, metrologik, 
diagnostik, informatsion, ergonomika jabhalarini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga 
obyektlarning atrof-muhitlari bilan o`zaro aloqa qilishni hisobga oladi. 

Odam –– texnika; 

Mahsulot –– tarkibiy qismlar; 

Mahsulot –– material (xomashyo); 

Texnika –– muhit; 

Mahsulot –– qadoqlash, o`rash (upakovka), tara; 

Texnika –– energiya va yoqilg`i moylash materiallari; 


24 

Hisoblash texnikasi –– dasturiy va tashkiliy ta’minlanish; 

Mahsulot –– jarayonlar, xizmatlar; 

Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash. 
2000-yildan boshlab favqulotdagi vaziyatlar Vazirligida xavfsizlikni ta’minlash 
bo`yicha ko`riladigan choralarni standartlashga kirishdi.
Favqulotdagi vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari bo`yicha tasniflashtirildi: 
tabiiy, texnogen, ekologik va bu vaziyatlarda jabrlangan odamlar soniga, material 
zararining kattaligi va mashtabiga qarab, mahalliy, lokal, respublika va chegaralararo 
kabi turlarga bo`linadi. 
Tabiiy favqulotdagi vaziyatlar, xavfli geologik, gidrologik, mereorologik, 
epidemiologik jarayonlarni ta’sir etish manbalari va faktorlarini aniqlanishi 
ko`rsatilgan.
Standartlashtirishda o`lchash birligini me’yoriy hujjatlar kompleksi bilan 
ta’minlanadi: 
– standartlashtirishning ilmiy-metodik va texnik asoslarini ishlab chiqish, asosiy 
rivojlanish yo`nalishini aniqlash va o`rnatish; 
– mahsulotning asosiy ko`rsatkichlarini ishlab chiqish, qabul qilish va sinov 
usullariga asosiy talablarni belgilash va standartlashtirish; 
– mahsulot va xizmatlarning sertifikatlashtirish bo`yicha ishlarini tashkillashtirish 
va asoslarni ishlab chiqish; 
– yangi usul va oliy aniqlik vositalarini yaratish va ularning mavjudlarini 
takomillashtirish; 
– standartlar va texnik shartlarni tatbiq etish va ularga amal qilish, o`lchash 
texnikasining holati va uning qo`llanishi ustidan davlat tomonidan nazorat qilish 
bo`yicha qonuniy, huquqiy asoslarni ishlab chiqish; 
– sanoat mahsuloti atestatsiyasi bo`yicha ishlarni tashkillashtirish va 
koordinatsiya qilish va asoslarni ishlab chiqish; 
Standartlashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilar: 
– me’yoriy hujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini 
inobatga olgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi; 


25 
– obyektlarga qo`yiladigan talablarni kelishib olish va me’yoriy hujjatlarni 
amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo`li bilan metrologik ta’minlashni 
qo`shib hisoblab o`zaro bog`langan obyektlarni standartlashtirishning kompleksligi; 
– me’yoriy hujjatlarni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg`or tajribaga, 
qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash; 
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida me’yoriy hujjatlarni o`zaro 
bog`liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog`onalarida ularni o`xshash 
obyektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi; 
– amaldagi me’yoriy hujjatlar, standartlashtirish bo`yicha dasturlar va ish rejalari 
to`g`risidagi axborotlarni oshkoraligi; 
– ko`pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me’yoriy 
hujjatlarni tasdiqlash; 
– me’yoriy hujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi; 
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni 
qo`llash va hakozo.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə