Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O`zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Standartlashtirish asoslari

1.2 O`zbekistonda standartlashtirishning tarixiy jarayonlari. 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining, xususan, O`zbekistonda standartlashtirishning 
boshlanishi haqida aniq bir raqamli vaqt va makonni keltirish avvalgi bo`limning 
ba’zi bir holatlariga takror bo`lishi tabiiy. Alloma donishmanlarimizning tarixiy 
asarlariga nazar solsangiz bunga hech shubha qolmaydi. Qadimdan Eron va Turon 
zaminida ishlab chiqarish munosabatlari, jarayonlari, savdo, iqtisodiy, ilmiy–texnik 
ishlari o`zaro yaqin va chambarchas holatda olib borilgan. Shu munosabat bilan eron 
mutafakkiri Kaykovusning XI asrda yozilgan "Qobusnoma" asaridan bir parcha eslash 
kifoya: "Hozirgi men yashayotgan zamonda inson qo`l urgan har qanday ish 
bo`lmasin, ularni tartibsiz qoldirib bo`lmas, har narsada tartibni anglash zarur". Har 
qanday sohada me’rosni (an’ana, odat, tarbiya) tartibli (standart) holatda qoldirilishini 
aniq tasdiqlagan Kaykovus vaqti kelganda ko`p ishga ulgurishni nazarda tutgan edi. 
Asarda san’at, haykaltaroshlik, musiqa va boshqa sohalarda inson faoliyati xulq-
atvoriga qo`yilgan talablar shu kunlarda ham o`z ifoda va mazmuniga ega. Qadimgi 
allomalarimiz asarlaridagi va ota-bobolarimizning " …yetti o`lchab, bir kes, 
...o`ylamasdan so`zlama" kabi hikmatli o`gitlari standartlashtirtish jarayonlarining 
elementlaridir. 
Standartlashtirish 
elementlari 
Turon 
zaminidagi 
mamlakatlar, 
xususan, 
O`zbekiston mintaqasida bunyod etilgan noyob arxitektura boyliklarida, standart 
g`ishtlarni rango-rang bezaklar bilan uyg`unlashgan o`lchovlarda qo`llanilishi insonni 
mahliyo qiladigan: Go`ri amir, Bibixonim, Paxlavon Mahmud, Xiva tashqi va ichki 
qal’alari, Ulug`bek madrasasi, Kalon minorasi, Ko`kaldosh madrasasi va boshqalarda 
mujassamlashgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va O`zbekistonda qadimdan: qadoq (400 gr 
atrofida), chaksa (6kg), pud (16kg), botmon (160kg) kabi massa birliklari; enlik (panja 
eni, 2sm atrofida) so`yam (bosh barmoq va ko`rsatkich barmoq o`lchovi – 18 sm 


20 
atrofida), qarich (bosh barmoq bilan chinchaloq barmoq o`lchovi-23 sm), qadam (ikki 
oyoqni yurishdagi o`rtacha oralig`i-0,75m atrofida), quloch (ikki qo`lning elka sathida 
cho`zilishdagi uzunlik-1,5 m atrofida), bir tosh (taxminan 0,75km), bir chaqirim 
(taxminan 3 tosh) kabi uzunlik birliklari; tanob (100 m kv atrofida) sirt birliklari 
standart birliklar sifatida keng qo`llanilib kelingan. Kirpich so`zining–qirbich, 
kolbasaning – qo`lbos, utyug (dazmol)ning – o`t yuk kabi protiplarining turkiy tilda 
mavjudligi, algebraning al–jabr, meditsinaning–madadi sino kabi tushunchalar bilan 
uyg`unligi ham Markaziy Osiyo mamlakatlarida Standartlashtirish obyekt va 
jarayonlari tarixining yetarlicha chuqur va mazmunliligidan dalolat beradi. Markaziy 
Osiyo, xususan, O`zbekistonda standartlashtirishning rasmiy bosqichi 1923-yil 
Toshkent shahrida «O`lchov va tarozi mahkamasi Turkiston markazi tashkil» 
etilishdan boshlandi. Bu markazning Qo`qon, Samarqand, Ashxobod, Olma–Ota 
shaharlarida shaxobchalari tuzildi.
1926-yilda O`zbekiston ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissariati huzurida 
standartlashtirish mahkamasi bunyod etildi. U davrlarda standart uch xil turda 
tasdiqlanar edi: sinaladigan, tavsiya etiladigan, majburiy qo`llanadigan. 
O`zbekistonda standartlashtirish, standartlashtirish bo`yicha Markazqo`m 
tasdiqlagan sohalar tahliliga ko`ra tuzilgan yillik rejalar asosida olib borilar edi. 
1932- yil mart oyida "O`zbekiston mintaqalarini 2 xil vaqt kamariga o`tkazish
to`g`risida "Sovnarkom qarori qabul qilindi: 4-vaqt kamari (Moskva vaqtiga + 2 soat) 
va 5-vaqt kamari (Moskva vaqtiga +3 soat). 
Shu yili O`zbekistonda ilk bor kunjutning urug`lik navi uchun 
O`ZREST50
Respublika standarti qabul qilindi. 
O`zbekistonda standartlashtirishning zamonaviy bosqichi 1973-yili O`zbekiston 
Respublikasi davlat Standart boshqarmasi (O`zdavstandart) tashkil etilganidan 
boshlanadi. 
O`zbekiston suverenlikka erishgandan so`ng, Ya’ni 1992-yili mart oyidagi 
O`zRVMning № 93 "O`zbekiston respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil 
qilish to`g`risida” gi qarori qabul qilingan vaqtdan buyon, standartlashtirishning yangi 
davri boshlandi. 


21 
1993-1998 
va 
2000-2003-yillarda 
O`zbekistonda 
standartlashtirishni 
jadallashtirish borasida bir qator o`ta muhim hukumat qarorlari chiqdi, muayyan chora 
tadbirlar belgilandi. 2002-yili O`RVM ning №342 qaroriga binoan “O`zdavstandart” – 
“O`zstandart” Agentligi nomi bilan yangicha faoliyat olib bormoqda. 
Standartlashtirishni rivojlantirishning xalqaro standartlashtirish jarayoni bilan 
uyg`unlashgan asosiy yo`nalishlari belgilanib, sohalar standartlari, me’yoriy hujjatlarni 
ishlab chiqish va joriy etish bo`yicha vakolatli davlat muassasalari, nazorat qilish va 
kuzatib borish bo`yicha idora va tashkilotlar belgilandi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə