Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


AND THEIR PLACE IN THE TECHNICAL AND ENVIRONMENTAL



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160
Standartlashtirish asoslari

AND THEIR PLACE IN THE TECHNICAL AND ENVIRONMENTAL 
DEVELOPMENTS UZBEKISTAN..
.................................................................................. 252 
9.1. Interstate and international standardization ……………………...................... ……. 
252 
9.2. International standardization - ISO and its activities ................................ .................. 
261 
9.3. Vlichine and place of standardization in the development of the national household 
tasks developed countries ...................................................................... ………………….. 263 
9.4. Effeciency in the People's Republic of household tasks development Узбекистан..... 
266 
9.5. Control questions and test tasks samples ............... …………………………. ……... 
268 
CHAPTER 10. IMPORTANCE OF STANDARDIZATION IN SOFTWARE 
PRODUCT KONKURENTASPASOBNOSTI. 
270 
10.1. Strotegii povisheniya prduktsii competitiveness of industrial enterprise with the 
introduction of a control system ............................................................................................ 270 
10.2. Mechanisms for quality management system development at the territorial level 
Buisness Company ................................................................................................................. 279 
10.3. Improve ordering from the state implementing quality management system at the 
regional industrial enterprises ........................................................................... …………… 287 
10.4. control product quality .. …………………………………………………................ 
291 
10.5. Control questions and sample test questions ............................................................... 
305 
LIST 
OF 
LITERATURE 
AND 
REGULATORY 
INFORMATION 
SOURCES.............................................................................................................................. 
309 


14 
KIRISH 
O`tgan asrning oxiriga kelib standartlashtirish bo`yicha AQSH, Yaponiya va 
Yevropa mamlakatlari yetakchilikka erishdilar. Bu mamlakatlarda iqtisod jadal 
rivojlanib bordi va ular jahon bozorida mustahkam o`rnashib oldilar. 
Shu tariqa jahon bozorida XXI asrning boshlariga kelib AQSH, Yaponiya va 
Yevropa mamlakatlari mahsulotlari erkin savdoda hukmronlik qila boshladi. Hozirgi 
kunda bularga buyuk Xitoy, Janubiy Koreya, Malaziya va Turkiya kabi bir qator 
rivojlanayotgan mamlakatlar ham qo`shilib bormoqdalar. 
Standartlashtirishning mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishi ularning xalqaro 
bozorda gegemonligini kuchaytirishga olib keldi. Hatto shu darajaga keldiki, sifatli 
mahsulot yaratgan, ammo standartlashtirish bo`yicha yetakchi bo`lmagan mamlakatlar 
jahon bozoriga erkin yo`l topa olmay qoldilar. 
Hozirgi kunda bu muammo xalqaro miqyosda “texnik tartibga solish” yo`li bilan 
o`z yechimini topmoqda. Davlatimiz rahbariyati tomonidan 2009-yilda “Texnik 
jihatdan tatibga solish to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy 
va iqtisodiy rivojlanishida yana bir yorqin nazar va dadil qadamdir. 
Xususan, hukumatimiz tomonidan O`zbekiston Respublikasining xalqaro savdo 
tashkilotiga kirishi yo`lida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tashkilotga 
a’zo bo`lish uchun amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish 
bo`yicha tegishli kelishuvlarga belgilangan talablarni bajarish, Ya’ni savdodagi texnik 
to`siqlar bo`yicha qonunchilik xalqaro talablarga uyg`unlashtirilishi zaruratga aylandi. 
Mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo`lgan majburiy talablar texnik 
reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlar talablariga tegishli qonunlar, yuridik 
va jismoniy shaxslar manfaatini himoyalovchi har xil turli farmoyishlar mazmunlari 
asosida shakllanadi. Standartlar talablari esa majburiy emas, balki ixtiyoriy tusga 
kiradi. 
Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus texnik 
reglamentlar qo`llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar mahsulot, xizmatlar va 
jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 


15 
Maxsus reglamentlar alohida mahsulot, xizmatlar va jarayonlar turlariga 
majburiy talablarni belgilab, vakolatli idoralar tomonidan ishlab chiqilib belgilangan 
tartibda tasdiqlanadi. Bunday me’yoriy hujjatlar o`rnatilgan tartiblar davlat darajasida 
tasdiqlanishi, texnik reglamentlar ishlab chiqish jarayoniga vakolatli idoralar va 
mutasaddi tashkilotlar o`ta mas’uliyat bilan yondashishlarini taqozo etadi. 
Texnika va texnologiya shiddatli rivojlanib borayotgan asrimizning shu 
kunlarida ekalogiya va standartlashtirish talablari texnik tartibga solish nuqtai 
nazaridanyanada uyg`unlashgan xolda taraqqiy ettirishga o`rinli etibor qaratilgan. 
Shu munosabat bilan mazkur o`quv qo`llanmaning barpo etilishi raqobatbardosh 
zamonaviy mutaxassislar tayyorlashda ta’lim tizimi o`quv-uslubiy vositalarini 
rivojlantirishning dolzarb tadbiriy vazifalari sifatida qaralishi mumkin. 
O`quv qo`llanma 10 ta bobdan iborat bo`lib, ularning har biri 
standartlashtirishning mantiqiy asosi mazmunida prinsipial pedagogik yondashuv 
hamda davlat tilida yanada takomillashgan yangi atama va ta’riflardan o`rinli 
foydalanish bilan mustaqil bo`limlar sifatida ravon bayon etilgan. 
Hozirgi kunda oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mavjud darsliklarda alohida 
fan yoki mustaqil bo`lim sifatida talqin qilinib kelingan “o`zaro almashinuvchanlik” 
standartlashtirishning texnologik asosi sifatida namoyon etilgan. 
O`quv qo`llanmaning nazariy qismini yanada takomillashtirib, amaliy 
mashg`ulotlar bilan boyitilib darslik sifatida tavsiya etish mumkin. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə