3.Resurslar(maddiy boyliklar)ni
tejash ko`rsatkichlari - mahsulotning xom-
ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiyani va foydalanish (iste’mol qilish)da mehnat
resurslarini talab etishi darajasi bo`yicha uning texnik mukammalligini aks ettiruvchi
xossalarini tavsiflaydi.
Resurslarni tejash ko`rsatkichlari uchta kichik guruhga ajraladi:
a) xomashyo va materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish ko`rsatkichlari,
jumladan:
29
•
xomashyoning solishtirma sarfi;
•
materiallarning solishtirma sarfi;
•
belgilangan sharoitlarda xomashyoning nobud bo`lishi;
•
belgilangan (e’tirof etilgan) sharoitlarda materiallarning nobud bo`lishi va b.
b) energiya iste’molining tejamlilik ko`rsatkichlari, jumladan:
•
yoqilg`ining solishtirma sarfi;
•
energiya (energiya tashuvchi)ning solishtirma sarfi;
•
foydali ish koeffitsienti va b.
Energiyadan tejamli foydalanish ko`rsatkichlari sifatida, odatda, solishtirma
ko`rsatkichlardan, Ya’ni sarflanadigan energiya va (yoki) yoqilg`ining ishlab
chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan foydali ish hajmiga (ish birligiga) nisbatidan
foydalaniladi.
v) mehnat resurslaridan tejamli foydalanish ko`rsatkichlari:
•
mahsulotdan foydalanganda (iste’mol qilganda) umumiy mehnat sarfi;
•
mahsulotdan foydalanganda (iste’mol qilganda) asosiy ko`rsatkich birligiga
solishtirma mehnat sarfi va b.
Xomashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya va mehnat resurslaridan tejamli
foydalanishni tavsiflovchi umumlashtirilgan ko`rsatkichlar sifatida mahsulotni ishlab
chiqish, tayyorlash va foydalanish (iste’mol qilish)dagi sarf-harajatlarni tavsiflovchi
ko`rsatkichlar qo`llanilishi mumkin.
4.
Ergonomik ko`rsatkichlar
"inson - buyum" (jumladan, "inson - mashina")
tizimini tavsiflaydi va inson hayotida sodir bo`ladigan gigienik, antropometrik,
fiziologik va psixologik xususiyatlar majmuini hisobga oladi.
Ergonomik ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
•
shovqin darajasi;
•
yorug`lik darajasi;
•
harorat darajasi;
•
mahsulot konstruksiyasining insonning tezlik imkoniyatlariga muvofiqligi;
•
mahsulot konstruksiyasining insonning kuch imkoniyatlariga muvofiqligi va b.
|