Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Ishonchlilik ko`rsatkichlari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
Standartlashtirish asoslari

2.
Ishonchlilik ko`rsatkichlari
 
a) 
raddiyatsizlik(ishdan chiqmaslik)
- obyektning ma’lum vaqt davomida yoki 
ma’lum hajmdagi ishni bajarish davrida o`zining ish imkoniyatini uzluksiz saqlash 
xususiyatini tavsiflaydi. 
Ishonchlilikko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 

Ishdan chiqmaslik ehtimoli; 

Ishdan chiqish jadalligi; 

Ishdan chiqishgao`rtacha ish hajmi; 

Ishdan chiqishga gamma-foiz ish hajmi va b. 
b)
 
uzoqqachidamlilik
(umrboqiylik) - obyektning belgilangan texnik xizmat 
ko`rsatish va ta’mirlash tizimida chekka holatga kelguncha o`zining ish qobiliyatini 
saqlash xususiyatni tavsiflaydi. 


28 
Uzoqqa chidamlilik: ko`rsatkichlari: 

o`rtacha ish resursi

belgilangan ish resursi; 

gamma-foiz resursi; 

resurs va b. 
v) 
ta’mirlanuvchanlik
- obyektning buzilishlarni oldini olishga va buzilish 
sabablarini aniqlashga hamda ta’mirlash va texnik xizmat ko`rsatish yo`li bilan 
buzilish oqibatlarini bartaraf etishga moslanganlik xususiyatlarini tavsiflaydi. 
Ta’mirga yaroqlilik ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 

ish qobiliyatini tiklash ehtimolligi; 

ishqobiliyatini tiklashga sarflanadigan o`rtacha vaqt va b. 
Tiklanuvchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 

sifat ko`rsatkichining belgilangan qiymatigacha tiklash o`rtacha vaqti 

tiklash darajasi (tiklangandan keyin sifat ko`rsatkichi qiymatining ushbu sifat 
ko`rsatkichining belgilangan yoki boshlang`ich qiymatiga nisbati) va b. 
Izoh:
Mahsulotlar va materiallar xossalarining saqlash va tashishdan keyin 
tiklanishga moslanganligi tiklanuvchanlik ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi. 
g) 
saqlanuvchanlik
- obyektning sozlik va ishga qobiliyatlilik holatini yoki 
mahsulotning iste’mol qilishga yaroqlilik holatini saqlash davomida va saqlashdan 
keyin va (yoki) tashishdan keyin saqlash xususiyatini tavsiflaydi. 
Saqlanuvchanlik ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 

saqlanuvchanlikning o`rtacha muddati; 

saqlanuvchanlikning gamma-foiz muddati va b. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə