54
belgilash va ularga rioya qilish ustidan davlat nazoratini olib borish amaliyoti
Yevropa tajribasida xam o’z ifodasini topgan.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz SHOS, MDX ISO (standartlashtirish bo’yicha
Xalqaro tashkilot)ga a’zo bo’lganligi bois ushbu doiralarda
xalqaro shartnomalar
bilan qabul qilingan texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi xududida
ham
amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasining "Texnik jixatdan tartibga solish to’grisnda’’gi
Qonuniga asosan, texnik reglamentlarni ishlab chiqishda -maxsulot, ish va
xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi
milliy va xalkaro normativ
xujjatlardan foydalaniladi hamda texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik
jixatdan tartibga solish soxasidagi normative xu jjatlarning matnlari tuliq yoki kisman
keltirilishi belgilangan .
2.4 O’zbekiston texnik jixatdan tartibga solish tizimini joriy etish muammolari
Ma’lumki xalqaro tajribaga muvofik, standartlarni ishlab chiqish
tegishli texnik
qo’mitalarda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor taraflar tomonidan konsensus asosida
yagona qaror qabul qilishga asoslanadi. Ushbu prinsip texnik reglamentlarni ishlab
chiqishda xam qo’llanilib, ularni ishlab chiquvchi ekspert kengashi faoliyatida barcha
mutasaddi idoralar ishtirok etishlari kerak.
Ammo, bugungi kunda, ayrim soxalarda standartlashtirish bo’yicha texnik
qo’mitalar tashkil etilmagan.
Oqibatda, respublikada ishlab chiqarilayotgan ayrim
maxsulot xamda ko’rsatilayotgan xizmat turlariga tegishli me’yoriy xujjatlar yetarli
darajada
ishlab
chiqilmagan
yoki
amaldagilari
xalqaro
talablar
bilan
uyg’unlashtirilmagan.
Vazirlik, idora va boshka xujalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan texnik
reglamentlar
loyixalarini tayyorlashda, xalqaro xujjatlar (standartlar, reglamentlar,
qoidalar) bilan solishtirish ishlari yetarli daraja tashkillashtirilmagan. Bunga vazirlik,
idora, boshqa xujalik yurituvchi sub’ektlar "O’zstandart" agentligining me’yoriy
xujjatlar davlat fondida mavjud amaldagi xalqaro standartlardan foydalanishga,
xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlarini to’g’ridan to’g’ri qabul qilish yoki
55
ularni amaldagi O’bekiston davlat standartlari bilan uyg’unlashtirishga, tegishli soxalar
bo`yicha xalkaro amaliyot o’tgan malakali mutaxassislar bilan ta’mindashga
xamda
ushbu mutaxassislarni yetishtirish ishlariga yetarli e’tibor qaratishmayotganligi sabab
bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: