Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Standartlashtirishni optimallashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160
Standartlashtirish asoslari

4.3.Standartlashtirishni optimallashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari
 
Standartlash 
obyektlarini 
va 
parametrlarini 
maqbullash 
(SOPM) 
uni 
optimallashtirish va bashoratlashda muhim axmiyatga ega. 
Maqbullash
– ko`plab mumkin bo`lgan variantlardan eng yaxshi (maqbul) 
variantni barcha mumkin bo`lgan variantlarni solishtirma baholash yo`li bilan tanlash. 
Parametr
– jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilmaning qandaydir xossasini 
(massa, ishqalanish koeffitsienti, issiqlik sig`imi, elektr qarshilik, induktivlik, sig`im) 
tavsiflovchi kattalik. 
SOPM
– bu parametrlarning standartlashtirish obyektining maksimal mumkin 
bo`lgan(muayyan sharoitlarda) samaradorligiga erishiladigan qiymatlarini belgilash. 
Standartlashtirish obyektlari ham ichki, ham tashqi murakkab aloqalarga ega 
bo`lishi mumkin. Murakkab aloqalarning real fizikaviy modelini tuzish mumkin emas. 
U holda tadqiqotlar matematik modellashtirish yordamida olib boriladi. 
Model
– obyektning tuzilishi va harakatini aks ettiruvchi, o`xshatuvchi (odatda 
kichraytirilgan ko`rinishda - masshtabda) qurilma. 
Modellashtirish
– bilim obyektlarini ularning modellarida real mavjud yoki 
nazariy tasavvur asosidsgi jonli va jonsiz tizimlar modellarini o`rganish yo`li bilan 
tadqiqot qilish.
Matematik modellashtirish
– muayyan obyekt uchun tuzish mumkin bo`lmagan, 
fizikaviy modelni matematik apparat yordamida o`rganish 
SOPM uchun kirish ma’lumotlaribo`lib vektor va skalyar funktsiyalar xizmat 
qiladi: 
1.
Effektning Fi=(1, 2, …, u) maqbullovchi parametrlarga va Tv kiritish vaqtiga, Td 
standartning amal qilish davriga (jarayonga), t hozirgi vaqtga bog`liqligi 


90 
2.
Standartlashtirish obyektini ITIga, ishlab chiqishga, ishlab chiqarish va ishlatishga 
(foydalanishga) sarflarning Z=(Z
1
,…,Z
i
) xuddi shu parametrlarga bog`liqligi: 
3.
Standartlashtirish 
obyektini 
ishlab 
chiqarish 
va 
qo`llash 
maqsadining 
samaradorlikka, harajatlar va vaqtga bog`liqligi: 
4.
Standartlashtirish obyektining ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning aniq darajasida 
ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarni (cheklovlarni) tasvirlovchi parametrlari o`rtasidagi 
bog`liqliklar: 
5.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarini, xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar, kadrlar, 
mablag`lar bilan ta’minlanganligini, xavfsizlik texnikasi talablarini tasvirlovchi 
tengsizlik ko`rinishidagi H=(H
1
,…,H
i
) cheklovlar. 
Sanab o`tilganlardan tashqari kirish ma’lumotlari alohida maqbullovchi 
parametrlarning vaqtda o`zgarishini tasvirlovchi bog`liqliklarni, matematik modellarni 
tanlash maqsadga muvofiqligining mezonlarini va boshqa axborotlarni o`z ichiga 
olishi mumkin. Kirish bog`liqliklaridan maqsadli funktsiya quyidagi ko`rinishni oladi: 
Qolgan bog`liqliklar cheklovlar bo`lib hisoblanadi. 
Maqbullash vazifasi hisoblash natijasida cheklovlarga rioya etilgan holda 
maqsadli funktsiya TS maksimal (yoki minimal) qiymatga erishadigan buyumlar 
parametrlarining qiymatlaridan Ri(i=1, 2,…, u) va ularning vaqtda o`zgarishidan 
iborat.
“Parametr”, “maqsadli funktsiya”, “cheklovlar” tushunchalarini aniqlash va 
maqbullash vazifalarini tashkil qilish jarayoni uchun oddiy misol: 
aniq qalinlikdagi taxtalangan po`latning minimal sarfida 10 kub.m. sig`imdagi 
silindrik rezervuarning o`lchovlarini (radius r va balandlik h) aniqlash. 
Maqsadli funktsiya – yuza maydoni S=2πr
2
+ 2πrh.
CHeklov – obyekt hajmi V= πr h=10 m3.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə