96
O`zuvchan standartlarni yaratish va yuritish Bu xildagi standartlarni yaratish va
kuchga kiritish quyidagi etap va bo`limlarni o`z ichiga oladi: tayyorlash; yaratish;
kuchga kiritish.
O`zuvchan standartlashtirishning tayyorlash etalonidagi ishlar mazmuni ma’lumot
yig`ish, taraqqiyot yunalish istiqbolini tadqiqotlash mahsulot sifatini tubdan
o`zgartirish
mumkin
bo`lgan
omil
va
ko`rsatkichlarni
taqsimlash
orqali
standartlashtirish istiqbollarini aniqlashdan iborat bo`ladi. Bu reja har tamonlama tahlil
asosida o`zuvchan standartlashtirishga zarur ko`rsatkich yoki talablarni boshlashga
yordam beradi.
Mazkur etapda buyum (mahsulot) taraqqiyot yo`nalishi bo`yicha ma’lumotlarni
to`plash, tizimlashtirish asosida rivojlanish yo`nalishi qoidalarini belgilash, iqtisodiy
samaradorlik imkoniyatlarni hisoblash, u yoki bu xilda qaror qabul qilish uchun
mahsulot bo`yicha kuchdagi standartlar majmuasidan tajribalarni umumlashtirish
imkoniyati yaratiladi.
O`zuvchan standartlarni yaratish etapidagi ishlar mazmuni standartni ishlab
chiqish, kelishish, tasdiqlashdan iborat bo`lib, buyum yoki mahsulotning istiqbolli
ko`rsatkichlarini har tamonlama asosli ravshda shu buyum va mahsulotlarning kelajak
taraqqiyotini ko`zlab me’yoriy hujjat barpo etishga qaratilgan bo`ladi.
Ma’lum bir ishlab-chiqarish doirasida bunday o`zuvchan standartlarni amalda
joriy etish oldingi jarayonlarda kelajakni ko`ra bilgan sharoitlarda maxsus dastur va
tadbirlar majmuida, rejalashtirilgan sharoitlarda olib borilishi va amalga oshirilishi
zarur. Bunday yondashuv o`zuvchan standartlarni joriy etishni va bu asosda xalq-
xo`jaligini boshqarishning tezkor boshqariluvini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: