109
me’yoriy hujjatlarga muvofiq o`lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan
metrologik xizmatlar faoliyati.
Metrologik xizmat
– MX o`lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va
metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil
etiladigan xizmat.
Davlat metrologik xizmati
– Mamlakatda o`lchashlar birliligini ta’minlash
bo`yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik
tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati
– mazkur vazirlik
(mahkama) doirasida o`lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va
metrologik nazorat hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Yuridik shaxs metrologik xizmati
– mazkur muassasa (tashkilot) da
o`lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda
nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Metrologiya bo`yicha milliy idora –
davlatda o`lchashlar birliligini ta’minlash
ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv –
o`lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o`z ichiga olgan vakolatli idoralar va
shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o`lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va
o`rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun
vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Dostları ilə paylaş: