Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Kattalik o`lchovi
– o`lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va 
zarur aniqlikda ma’lum bo`lgan bir yoki bir nechta berilgan o`lchamlarning kattaligini 
qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo`ljallangan o`lchash vositasi. 
Etalon (o`lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni)
– kattalikning o`lchamini 
qiyoslash sxemasi bo`yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik 
birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo`ljallangan va belgilangan tartibda 
etalon sifatida tasdiqlangan o`lchashlar vositasi yoki o`lchash vositalarining majmui. 
Birlamchi etalon
– birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga 
nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon. 
Maxsus etalon
– birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini 
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo`lib xizmat qiladigan etalon. 
Davlat etaloni
– davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari 
bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o`lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida 
xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon. 
Ikkilamchi etalon
– birlikning o`lchamini mazkur birlikning birlamchi 
etalonidan oladigan etalon. 
Nusxa-etalon
– birlikning o`lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun 
mo`ljallangan ikkilamchi etalon. 
Ishchi etalon
– birlikning o`lchamini ishchi o`lchash vositalariga uzatish uchun 
mo`ljallangan etalon. 
Xalqaro etalon
– milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan 
birliklar o`lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo`yicha xalqaro asos 
sifatida qabul qilingan etalon. 
Milliy etalon
– mamlakat uchun boshlang`ich etalon sifatida xizmat qilishi 
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə