112
Har bir fizikaviy obyekt bir qancha obyektiv xossalar bilan tavsiflanishi
mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib
bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o`lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq
kattalikni o`lchash imkoniyati mavjud. Bu ko`rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan
ortib ketishi bashorat qilinmoqda.
Ko`pincha
kattalikning
o`rniga
parametr,
sifat
ko`rsatkichi,
tavsif
(harakteristika) degan atamalarni ham qo`llanishiga duch kelamiz, Lekin bu
atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi.
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o`zaro bog`liqlik mavjud bo`lib,
uni fizikaviy bog`lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt
birligidagi o`tilgan masofa bo`yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu
bog`lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo`lib ko`riladi: asosiy kattaliklar va
hosilaviy kattaliklar.
Dostları ilə paylaş: