Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Kattalikning qiymati

qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan 
kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati 
deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o`lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki 
o`lchash birligi sifatida olingan o`lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini 
bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni o`lchash birligining 
o`lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni anglashimiz lozim: 
Q = q[Q]. 
Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan bo`lib, 
birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr bo`yicha 
solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan 
solishtirishimiz lozim bo`ladi 
Kattalikning birligi deb -
ta’rif bo`yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan 
kattalik tushuniladi
Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko`paytiruvchi 
sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o`zaro o`lchamlari bilan farqlanishi 
mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo`lib, quyidagi har xil 
o`lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir. 
Kattalikning birligi ham, kattalikning o`ziga o`xshash asosiy va hosilaviy 
birliklarga bo`linadi: 
 
Kattalikning asosiy birligi deb
birliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan 
asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to`g`ri kelgan MKS birliklar tizimida 
metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin. 
 
Hosilaviy birlik
deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, 
ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga 
aytiladi. 
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini;
1 N = 1 kg. m/s
2
kuch birligini olishimiz mumkin. 


116 
Xalqaro birliklar tizimi 1960 yili o`lchov va og`irliklarning XI Bosh 
konferentsiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo`lib, mamlakatimizda buni SI 
(SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh 
konferentsiyalarda SI tizimiga bir qator o`zgartirishlar kiritilgan bo`lib, hozirgi holati 
va birliklarga qo`shimchalar va ko`paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 4.1- va 4.2-
jadvallarda keltirilgan. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə