Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
4.5

Standartlashtirishning asosiy tamoyil va metodlari
XX asr oxiri va XXI asr boshlari, Ya’ni hozirgi kunga kelib standartlashtirish fan 
sifatida rivojlandi, o`zining ilmiy nazariyasi shakllandi, tamoil va metodlari mavjud 
bo`ldi. 
Standartlashtirishning ishlab chiqarish faoliyatiga ko`ra asosiy tamoyillari sifatida 
quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 


97 
1. Takrorlanuvchanligini 

bitta umumiy (takror) xususiyatga ega bo`lgan faoliyat 
turlari, jarayonlar, moddiy narsa, xodisalar kabi obyekt doirasini aniqlash; 
2. Majburiyatliligini 

standartlashtirishning qonunchilik tavsifini aniqlash;
3. Variantliligini (maqbul ko`p xilligini yaratish) 

standartlashtiriluvchanligini 
aniqlash: 
4. Sistema (tizim) liligini 

standartni muayyan standartlashtirish obyektlarining 
o`zaro ichki moxiyatlari bilan bog`liq standart sistemalar hosil qilishga olib keladigan 
element sifatida aniqlash; 
5. O`zaro almashinuvchanligini 

texnika va texnologiyaga bog`liq bo`lgan bir xil 
detal, band, agregat va boshqa konstruksiyalarni oldindan rostlovsiz yig`ish, 
almashtirishni nazarda tutish. 
Mana shu tamoyillar asosida standartlashtirishning metodlari sistemasi 
shakllantirilgan: 
1.
Simpflikatsiya 

buyum turlari, xillari va sonlarini shu vaqtda mavjud talabni 
qondira olishga yetarli sonlargacha kamaytirish; 
2.
Unifikatsiya 

ikki yoki undan ko`p hujjat (texnik shart) larni bu hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilgan buyumlarni ishlatish (iste’mol) da o`zaro almashtirishni 
hisobga olib birlashtirish. 
Unifikatsiyaning asosi sistemalashtirish va tasniflash (klassifikatsiya) tirishdir:
1.
Sistemalashtirish (narsalar, hodisalar, tushunchalar) 

narsalarni foydalanishga 
qulay aniq tizim tashkil qiladigan ma’lum tartib va ketma-ketlikda joylashtirish; 
2.
Klassifikatsiya 

narsalarni ularning umumiy belgilariga bog`liq holda sinf, 
ostsinf va toifalar bo`yicha joylashtirish. Ko`p xollarda klassifikatsiya o`nli 
tizimda tashkil qilinadi; 
3.
Xillash 

qator buyumlar uchun umumiy texnik tavsiflari asosida na’munaviy 
konstruksiya va texnologik jarayonlar ishlab chiqish; 
4.
Xoslashtirish 

konstuktorlik, texnologik hujjatlar tayyorlashning asosiylaridan 
biri bu buyum, mahsulot yoki qismlarining nomlari, tarkibiy qismlari, materiali, 
massasi va boshqa ma’lumotlari keltirilgan joy asl ko`rinishida bajariladigan; 


98 
5.
Agregatlashtirish

texnik tizim, masalan, avtomobil, traktor asbob–uskuna va 
boshqa har xil mashina va mexanizmlarni, standart, unifikatsiyalangan agregat 
yoki mexaniq qurilmalardan butjamlash(yig`ish);
Dasturiy maqsadli eng muhim ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar 
bo`yicha dasturlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə