Andijon mashinasozlik instituti


Falsafa    fanining    predmeti,  funktsiyalari



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Falsafa    fanining    predmeti,  funktsiyalari. 
Endi  «Falsafa  nimani  o‘rganadi?»,  degan  savolni  berishimiz 
mumkin. 
Falsafaning  predmeti  -  insonda  bilishga  qiziqish  uyg‘otadigan,  mifologiya,  din  yoki  fan  javoblaridan 
qoniqmagan  insonning  o‘ziga  ma‘lum  bilimlar  va  tajribaga,  muayyan  e‘tiqod,  ishonch  va  intuitsiyaga  tayangan 
holda  oqilona  asoslangan  javoblar  berishga  harakat  qiladigan,  savollar  tug‘diradigan  har  qanday  ob‘ektiv  va 
sub‘ektiv  borliqdir. 
Boshqacha  aytganda,  inson  o‘z  qiziqishi  ob‘ekti  haqida  muayyan  tasavvur  hosil  qilish 
maqsadida  savol  berishga  asos  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  hamma  narsa  falsafaning  predmet  idir.  SHu  munosabat 
bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli 
bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.  
Biroq  ayni  holda  bizni  fan  sifatidagi,  ayrim  insonning  emas,  balki  butun  jamiyatning  rivojlanish  mahsuliga 
aylangan  ijtimoiy  hodisa  sifatidagi  falsafa  qiziqtiradi  va  ayni  shu  sababli  yuqorida  keltirilgan  ta‘rifda  «inson» 
tushunchasi yig‘ma  ma‘noda qo‘llanilgan. Bu yerda shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki,  garchi falsafaning predmet iga 
biz  umumiy  nuqtayi  nazardan  ancha  keng  ta‘rif  bergan  bo‘lsak-da,  ayrim  tarixiy  davrlarda  odatda  u  yoki  bu 
sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.  
Masalan,  qadimgi  Yunonistonda  kosmotsentrizm  ilk  falsafiy  ta‘limotlarning  o‘ziga  xos  xususiyati  bo‘lib, 
bunda  asosiy  e‘tibor  «kosmos»,  «tabiat»ni  anglab  etishga  qaratilgan.  Keyinchalik,  qadimgi  yunon  shahar-‘olislari 
ravnaq  to‘gan  davrda  faylasuflar  diqqat  markazidan  ijtimoiy  muammolar,  axloq,  davlat  qurilishi  masalalari  o‘rin 
oldi.  Yevropada xristianlikning, SHarqda  islom dinining  keng qamrovli rivojlanishi,  dinga  e‘tiqodning kuchayishi 
va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o‘rin 
olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya‘ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmet iga aylandi. 
Uyg‘onish  davrida  falsafa  san‘at  (estetika)ga  va  ko‘p  jihatdan  insonga  murojaat  qilindi..  yangi  davr  deb 
nomlanuvchi  XVII-XVIII  asrlarda  falsafa  tobora  kuchayib  borayotgan  fan  bilan  uzviy  bog‘landi,  natijada  falsafiy 
tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.  
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  yuz  bergan  «klassik  falsafa»  va  oqilonalik  inqirozi  irratsionallik,  intuitivlik, 
ongsizlik  muammolarini  namoyon  etdi,  XX  asrning  birinchi  yarmida  ular  «noklassik  falsafa»  tahlilining  asosiy 
predmet iga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish 
uyg‘onishiga  olib  keldi.  XX  asrning  so‘nggi  o‘n  yilliklarida  hozirgi  madaniyatdagi  inqiroz  hodisalarini  va  yangi 
axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur‘atlarda rivojlanishi bilan 
belgilangan  muammolarni  kun  tartibiga  qo‘ygan  ‗ostnoklassik  falsafa  shakllandi.  Bu  falsafa  vakillari  «tarixiy 
rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma‘nolar va g‘oyalar «aytib bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson 
o‘ziga  yog‘ilayotgan  axborotga  ishlov  berishga  qodir  emasligiga  e‘tiborni  qaratar  ekan,  notizimlilik,  Yevropa 
an‘anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.  
Nihoyat,  XX-XXI  asr  chegarasida  eng  yangi  falsafada  birinchi  o‘ringa  chiqqan  va  eng  muhim  mavzular 
qatoridan o‘rin olgan  yana  bir mavzu globallashuv jarayonlarining  mohiyatini  va  ularning rivojlanish  yo‘nalishini 
aniqlashga  alohida  e‘tibor  qaratildi.  Bu  jarayonlar  hozirgi  vaqtda  jamiyat  hayotining  deyarli  barcha  jabhalarini 
qamrab  oldi  va  davrimizning  olamshumul  muammolarini  yuzaga  keltirdiki,  ularning  nazariy  va  amaliy  yechimini 
to‘ish bu muammolarni falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e‘tibor berish 
va  kelishilgan  harakatlarni  taqozo  etuvchi  eng  muhim  muammolar  qatoriga  ekologiya,  demografiya,  xavfsizlik, 
xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin.  
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmet ini qandaydir bitta, qat‘iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi 
bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob‘ektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki 
ularning  muayyan  majmui tarzida  birinchi o‘ringa  chiqadi.  Ammo bu boshqa  mavzular, masalalar va  muammolar 
o‘z  ahamiyatini  yo‘qotadi  va  falsafa  chegarasidan  chetga  chiqadi,  uning  tahlil  predmeti  bo‘lmay  qoladi,  degan 
ma‘noni  anglatmaydi.  Bosh  mavzularni  ikkinchi,  uchinchi  yoki  undan  ham  keyingi  o‘ringa  surib  qo‘yadi,  ular 
muayyan davrda va  tegishli sharoitda falsafiy diqqat  markazidan o‘rin olish  yoki  falsafiy  muammolarning  ustuvor 
yunalishi bo‘ylab  yuqoriga  ko‘tarilish  uchun o‘z  vaqtini  «kutib»,  go‘yoki ‗anada  turadi,  desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o‘zgarishini, u yoki bu masala bosh 
masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e‘tibori ma‘lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko‘ramiz.  

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə